TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #393

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan1,430Jumlah tampilan
Diposting26 Jan26/01/2023, 02.55
Isi postingan

Isi

#asardan_parcha📚 *** ...yaxshi edi, baribir yaxshi edi! Gʻaybarov entikdi, titrab ketdi. Qarshisida yana Anzirat kampirni – Ammaning shirin olmalarini yemagan, tishi ham og‘rimagan Anzirat kampirni ko‘rdi. Anzirat kampir darg‘azab edi. Unga Ammaning muolajasi ham, atiri ham, qutidan chiqarib hadya etadigan olmalari ham – hech narsasi kerak emas! Uningcha, Amma – g‘ar, tamomvassalom! Anzirat kampir istaydiki, yo‘q, istash ham gapmi, imonini kafil qo‘yadiki, Raim oqsoqol hech g‘arg‘ara tortmagan, oson jon bergan. Amma bekorlarni aytibdi. Raim oqsoqolning gunohi ko‘p emasdi. Uning birgina gunohi bor – Anziratni qo‘ygani. Lekin unisini Anzirat allaqachon kechirgan, tepada Xudo turibdi – gunohini kechirgan. 📘Murod Muhammad Do‘st "Galatepaga qaytish" 📚To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳