TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
#hissiyot😔 GʻUSSA Shivirlagim kelyapti – nimanidir – dunyoga, Tushlar ham ko‘ryapman o‘ngimda. Bilmayman, qaydandir kelib piyoda, Bu harir g‘ussa qo‘ngan ko‘nglimga. Qarigan vujudim og‘rig‘i aralash Og‘ir bir sog‘inchda dunyoga boqaman. Gʻussada o‘sadi hayajon besas... Oqaman yurakda oqaman. Oqaman, ohista ko‘zimni yumib, “Cho‘li iroq”ida yo‘qolganday nay. Oqaman yoshimni tinch suvga yuvib, Hatto sohillar ham kerak emasday. 🥺 “Bir parcha osmon”ingizdan o’zingiz sevgan bir parchani yozing… 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳