Isi
#asardan_parcha📚 “…Mazluma yig‘lab tarmashdi, qo‘ying, dedi, topganim siz o‘zingiz, boshqani boshimga uramanmi, ko‘zingiz o‘rniga ko‘z bo‘lay, qo‘lingiz o‘rniga qo‘l bo‘lay, iloyim, joningiz omon tursin. Qobil andishali yigit edi. Xotiniga o‘ylagani fursat bermoqchi bo‘ldimi yoki rostdan ham ajralmoqchi edimi, tug‘ilgan joyi Nurotaga ketib qoldi. Mazluma Samad bilan birga borib uni olib keldi. Mazluma oqibatli xotin, dedi keyinchalik Samad Gʻaybarovga, vafodor xotin, imonim kafilki, Qobilni hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymaydi, fidoyi ayol. Shu gaplarni ayta turib ko‘zlari yoshlandi, Gʻaybarovning yelkasidan quchdi, qanday yaxshi, qadrdon do‘stim, dedi, dunyoda shunday ayollarning borligi qanchalar yaxshi! Qaniydi tentak Shoir mana shunday ayollarni ulug‘lab she’rlar yozsa!..” 📘Murod Muhammad Do’st “Galatepaga qaytish” 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳