TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #411

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan1,480Jumlah tampilan
Diposting10 Feb10/02/2023, 09.13
Isi postingan

Isi

#asardan_parcha📚 *** Pokiza mehr soqov bo‘ladi, u iqrorga muhtoj emas. Uni oshkor qilgan odam eri tunda qulog‘iga shivirlab aytgan gaplarni ertasi kuni boshqalar ga sotgan xotinga o‘xshaydi. Bu shunday bir pinhoniy va odil tuyg‘ukim, o‘g‘lim, uni hech qachon bozorga olib chiqolmaysiz, mehringizga tushdimi, tishning kavagida asramoq shart. Mukofot kutmaslik kerak. Buning uchun o‘zingizni yengmog‘ingiz lozim, negakim, sizga o‘zingizdan yomonroq dushman topilmaydi. Mahbubni jismdan judo qilsangiz bas, pokiza muhabbatga erishasiz... – Marhumlargagina shunday muhabbat qo‘yish mumkin, – deb gap qistirdi Gʻaybarov. – Ha, balli! Keyin xudoga... 📘Murod Muhammad Do’st “Galatepaga qaytish” 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳