Isi
🤲 DUO TAQDIRNI HAM O‘ZGARTIRADI... 🙏 Katta loyiha oldidan ustozlarning duosi jamoamizga katta dalda boʻlyapti. Salohiyatli, soʻz qadrini biladigan xassos insonlar bilan hamkorlik qilish ruhimizni tetiklashtiryapti. Mana shunday zabardast, zabardastligi qadar kamtar insonlarning yonimizda ekani masʼuliyat va gʻayratimizni yana-da oshirmoqda! 🤓Ustoz Xurshid Davronning nashriyotimizga kelib, dildan suhbatlashib, nasihat bergani, ustoz Erkin Aʼzam koʻp yillik noshirlik tajribasini beminnat ulashayotgani, ustoz Murod Muhammad Doʻstning samimiy kutib olib, qoʻllab-quvvatlagani, ustoz Usmon Azimning tez-tez qoʻngʻiroq qilib, toʻgʻri yoʻl koʻrsatayotgani ishtiyoqimizni har bosqichda oʻt oldirib, alangalatmoqda! 🔜Kuting, hali bunaqasi bo‘lmagan... 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!