TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Soat sakkiz yarim. Chiqasan uydan. Archalar, teraklar tizilar safga. Sog’inch tushlarimga huddi o’xshaysan – Shoshib borarkansan bekat tarafga. Bir kaftingga xiyol ezilgan boshing, Odiming quvadi biri birini. Xayoling zabt etgan olamlar oshib Menga tashlamaysan ko’zing qirini. Yog’dung yetganmidi – sog’inib yeldim – Shu’langning ortidan – qalbim yoqqa: Umrim bo’yi uzun yo’l bosib keldim, Senga armon bilan bir bor boqqani. “Bir parcha osmon” •Usmon Azim 📚 To’plamga buyurtmangizni berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳