Isi
#nazm😌 *** “Bir yoqlarga ketmaymizmi?” – dedi ayol. “Qayoqqa?” “Bi-i-ir yoqlarga…” “Bir yoqlar qaysi tarafda? – dedi erkak. – Nomi bormi bir yoqlarning? U yoqlarga qanday borsa boʻladi?” “Bilmayman, – dedi ayol. – Faqat bir yoqlarga ketgim kelgani-kelgan Siz bilmaysizmi oʻsha yoqlarni?” “Bir yoqlarni men qaydan bilay? Sen oʻzing bilasanmi bir yoqlarni?” Xoʻrsindi ayol. Javob bermadi. Faqat uzoqlarga tikildi gʻamgin. Soʻng ketdi. Qaytib kelgani yoʻq. Ehtimol, bir yoqlarga ketib qolgandir. 2 Erkakning esa endi tunlari bedor, “uh” tortgani-tortgan; bogʻlarda yolgʻizgina kezgani-kezgan; koʻngli bilan suhbat qurgani-qurgan; hoʻngrab yigʻlagisi kelgani-kelgan… Xullas, bi-i-ir yoqlarga ketgisi kelgani-kelgandir erkakning. Bir yoqlar esa sogʻinchga aylangan: xuddi oʻsha ayolday sogʻinchga aylangandir. 📘 “Bir parcha osmon” •Usmon Azim 📚 To’plamga buyurtmangizni berish: @factorbooks_info 💙@ikar_factor– 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!