Isi
#bu_muhim🤓 Ikar loyihasi doirasidagi savollarga javoblar 1.Tanlov bosqichlari sanalari haqida Tanlovning birinchi bosqichi 27-may kuni bo‘lib o‘tadi. Vaqti esa so‘rovnoma orqali aniqlanadi (20.00 yoki 21.00) Tanlovning ikkinchi bosqichi 31-may kuni bo‘lib o‘tadi. Sinov 11.00 da, final ishtirokchilariga javoblarni e’lon qilish 14.00 da va tanlovning katta taqdirlash marosimi 17.00 da bo‘lib o‘tadi. (Tanlov o‘tkaziladigan joy e’lon qilinadi) 2.Qayta sinov testi Ikkinchi bor ham sinov testi o‘tkaziladi – botda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etilganini tekshirish uchun. Faqat promo kodga ega bo‘lgan kitobxonlargina ishtirok eta oladilar. 3. Ikkinchi bosqich saralash tartibi haqida to’liq ma’lumot Saralashda har xil shakldagi 50 ta savol va umumiy 40 daqiqa vaqt beriladi. Savollar turi haqida ma’lumot berilmaydi – final ishtirokchisi darajasidagi kitobxon uchun bu qiyinchilik tug‘dirmaydi. 🙃 4. Avtomobildan tashqari qanday sovg‘alar mavjud? Bosh sovrindan tashqari 2-3-o‘rin egalariga pul mukofotlari beriladi. Final ishtirokchilarining barchalariga nashriyot kitoblari to‘plami hadya qilinadi. 5.Final bosqichiga o‘tkaziladigan ishtirokchilar soni Birinchi bosqichda ko‘rsatilgan natijalardan kelib chiqilib, 20 nafar ishtirokchi finalga chaqiriladi, istisno tariqasida to‘g‘ri javoblar soni bir xil bo‘lgan va faqat soniyalarda farq qiladigan keyingi kitobxonlar ham finalda ishtirok etadilar. (Finalchilar soni ilk targ‘ibotlarda aytilganidek, 100 nafarni tashkil etishi rejalashtirilgan edi va bunda 5.000 ishtirokchining 5 foizini nazarda tutilgan edi. Vaholanki, hozir ishtirokchilar soni 300 dan ortiq ekani, hali ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchilar hisobiga taxminan 400 ishtirokchining 5 foizi – 20 nafar kitobxon finalga chaqirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. E'tiborga loyiq jihati esa ishtirokchilar soni nazarda tutilganidan ancha kam bo‘lishiga qaramay, ularning 5 foizi finalga chaqirilishi o‘z holida saqlanib qoldi. 🤓 Va qisqarishlarning avtomobilga dahli yo‘q, biz uni butun holicha munosib egasiga topshiramiz) 6. Birinchi bosqichda nechta savol va qancha vaqt beriladi? 30 ta savol va 20 daqiqa vaqt (birinchi sinov testidagi tahlillarga ko‘ra, har bir savol uchun 40 soniya ajratilishi maqsadga muvofiq, deb topildi) 7. O‘rinlar qanday aniqlanadi? Birinchi bosqichda bot avtomatik tarzda natijalarni ko‘rsatadi – eng ko'p va eng kam vaqt sarflaganlar 20 kitobxon tanlab olinadi, bir xil vaqt va bir xil javob bergan ikki ishtirokchi kelib qolsa ikkisi ham finalga chaqiriladi. Ikkinchi bosqichda javob varaqalari ishchi guruh tomonidan tekshirilib, aniqlanadi. 8. Savollar kitoblar bo‘yicha ketma-ket beriladimi yoki aralash? Aralash 9. Yana savollaringiz bo‘lsa, biz javob berishga tayyormiz. 10. Nashriyot jamoasi Siz kitobxonlarga faqat yaxshilik tilaydi, eng munosib kitobxonlarni taqdirlash va hammasidan muhimi – har doim kitob bilan, mutolaa bilan hamnafas bo‘lishingizni istaymiz! Bizga ishonasiz va qo‘llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz.☺️🥺 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!