Isi
#mutolaa “Ochlik azobiga dosh berolmagan shaharliklarning ayrimlari kechalari pinhona devor oshib tashqaridagi chorbog‘lardan u-bu olib kela boshladilar. Ammo bundan ogoh bo‘lgan shayboniylar devorosharlarning anchasini ushlab olib, quloq-burnini kesibqo‘yib yubordilar. Shundan keyin devor oshadigan mard topilmay qoldi. Shu mojarolar orasida kuz osmonini to‘ldirgan qora bulutlar ichidan yalt etib chiqqan xira nurdek bir xabar yetib, Bobur mirzoning dilidagi so‘ngan chiroq piligi yana cho‘g‘lana boshladi. Emishkim, Andijondan Sulton Ahmad Tanbal qo‘shin yetaklab, Piskentga yetib qolibdi, Sulton Mahmudxon ham Toshkentdan qo‘shin chiqargan, Dizakka yetib kelganmish...” 📚Xurshid Davronning “Samarqand xayoli” kitobidan 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!