Isi
#mutolaa📖 – Tag‘in ichyapti ekanda, deb o‘ylamang, Toshpo‘lat, – dedi u. – Shunchaki... ozgina ichib, ko‘proq o‘ylayapman. Anavi yoqqa qarang! Ha, yaxshiroq qarang, qani, nimalarni ko‘rarkansiz?.. Gʻaybarov Shoir ishora qilgan tomonga qarab, daraxtlar orasidan ko‘chani, g‘izg‘iz yelayotgan mashinalar, shoshib borayotgan odamlarni ko‘rdi.– Ko‘cha, – dedi u sekin. – Odamlar, mashinalar...– Hayot o‘sha! – deb xitob qildi Shoir. Abduvali Soqol piqillab kulib yubordi.– Tek o‘tir! – deb jerkidi uni Shoir. – Qarang, Toshpo‘lat! Biz bu yerda o‘tiribmiz, hayot yonimizdan g‘izillab o‘tib ketyapti! Biz tinchgina, salqin qahvaxonalarda o‘tirib chiroyli suhbatlar quramiz, ko‘pirib toshamiz, maqtaymiz, maqtanamiz! Biz mamnun va baxtiyor o‘tiraveramiz, hayot esa...Ana u, yonimizdan o‘tib boryapti!Shundoq yonimizdan, qo‘l uzatsa yetgudek joydan! Tushunasizmi, Toshpo‘lat, o‘tib ketyapti u!.. 📘“Galatepaga qaytish” •Murod Muhammad Do’st 💙@ikar_factor–𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!