TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #566

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan542Jumlah tampilan
Diposting26 Mei26/05/2023, 14.14
Isi postingan

Isi

#eslatma#tushuntirish😌 🥳Ertaga birinchi bosqich test sinovi bo‘lib o‘tadi 🥹 Nashriyot jamoasi bir yarim yildan beri kutgan ertangi kun biz uchun ham, kitobxonlar uchun ham birdek hayajonli – eng zukko kitobxonlarni final uchun saralab olamiz, Xudo xohlasa. 🤓 Kitobxonlar uchun muhim eslatma va tavsiyalarni berib o’tmoqchiman: 🙃 1. Umumiy bazaga yuklangan savollarning istalgan 30 tasi Sizga to‘g’ri keladi. Qaysi kitobdan nechta tushishi va qay tartibda tushishi ham avtomatik tanlanadi. Bunda inson omili ishtirok etmaydi. 😌 2. Savollarni oson yoki qiyin deya umumiy fikr bildirishdan qoching, sababi bu faktor nisbiydir, yaxshi mutolaa qilgan kitobxon uchun murakkab savolning o’zi yo’q. 🥺 3. Bizga bog’liq bo’lmagan holatlar – internet sifati, ob-havo, telefoningiz texnik holati kabilar uchun biz javobgar bo’lmaymiz. Sifatli internet bilan ta’minlangan va tinch joy topib, o’zingiz uchun sharoit yaratib olishingizni tavsiya qilamiz. (botning texnik holati qayta-qayta holatda sinovdan o’tkazildi, 4G tarmog’ida bot muammolarsiz, qotishlarsiz ishlamoqda) 🫡 4. Sinovning shaffof, adolatli o’tishiga umuman shubha qilmang. Test sinovi natijalari sinov yakunlangach, bir soatga qolmay loyiha telegram kanalida e’lon qilinadi. Bir yarim yil har zarrasiga bor mehrimizni berib, intiqib kutgan loyihamiz asosiy maqsadi – kitobxonlikni rivojlantirish, eng munosiblarni rag’batlantirish. Bir-birimizni tushunamiz, adolatli bo’lamiz va Allohdan barchamizning yuzimizni yorug’ qilishini so’raymiz! 💙@ikar_factor – 𝐈‌𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!