TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #94

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan1,430Jumlah tampilan
Diposting16 Agu16/08/2022, 07.56
Isi postingan

Isi

#trendda_ikar☺️👌😎 "Ikar" kitoblarini o'qiyapsizmi? Usmon Azimning "Bir parcha osmon" kitobi"Kuz kunlari, bahor kunlari" triptix hikoyasidan *** – ...Ne deyin qiynalgan ko‘ngil qushimga? Azob uchishiga pichoq qadalgan. Bir dasta qizil gul esa tushimda Senga atalgan u, senga atalgan. Taqdir qaylardadir miltirar elas, Umr hushdan ketar, chalkashar yo‘llar. Tushlarimdan tushib senga yetolmas Senga ataganim qip-qizil gullar. *** ...Van Gog yana boshi xam – qovjirab o‘tiribdi... Kimni kutyapti? Taqdirning kelib kechirim so‘rashinimi? Taqdirning u bilan nima ishi bor! U yozmishdagi ishini bajaradi-da, oxir-oqibat, ana, qabrga tiqib ketaveradi! Xuddi shunday!.. Xuddi shunday!.. Ey Parvardigor! Sir-asroring buncha ko‘p! Bu asrorga sheriklar ham uni oxirigacha bilmaydi. Bil-may￾di! Nega yana ko‘zimga yosh keldi? Nega buncha yurak og‘riydi? Nega?.. Ammo yashash kerak. Bu dunyo yelkangga tashlagan yukni zo‘riqib bo‘lsa ham tortib, yashash kerak! 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS