Isi
#Imkoniyati_cheksiz_ayollar #Forum “Imkoniyati cheksiz ayollar” forumi ko`tarinki ruhda o‘tkazildi O‘zbekiston XDP Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida hamkor tashkilotlar bilan birga “Imkoniyati cheksiz ayollar” keng qamrovli forumini o‘tkazdi. Forumni partiya Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov ochib berdi. Ta’kidlandiki, mamlakatimizda keyingi yillarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini kafolatli himoya qilish, ularning davlat va jamiyat hayotida munosib ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash, har tomonlama to‘siqsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramay, muhim ijtimoiy masalalar, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan ayollarimizning kundalik hayotidagi ayrim to‘siqlar hamon o‘z yechimini kutmoqda. Partiya yetakchisining qayd etishicha, ishga joylashishdagi to‘siqlar ham dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda... ___ 🌐XDP.uz 👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter