TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Kompyuter Bilimlari | Windows Blog avatar

TGINSIGHT CHAT

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

@kompyuter_bilimlari

Perangkat lunak & aplikasi

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog! Mundarija: @kompyuterbilimlariuz Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596 Asoschi: @rvraul Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Pelanggan1.1万Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,002Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini76,860Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 1 dari 84 · 1,002 postingan

Diposting 30 Des

Ассалому алайкум каналимиз аъзолари. Холмуродова Имронага овоз беринг илтимос. Илм ўрганиб келаётган фарзадимизга мотивация бўлсин. Олдиндан раҳмат. Аллоҳ Сизлардан рози бўлсин.

5,180 views

Diposting 19 Nov

t.me/zarinlightok

7,470 views

Diposting 13 Nov

“KEY TECH: AI in Retail & E-commerce” konferensiyasida InfinBANK sun’iy intellekt va raqamli yechimlarini taqdim etdi. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan KEY TECH: AI in Retail & E-commerce xalqaro konferensiyasida InfinBANK o‘z texnologik salohiyati va sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or amaliy yechimlari bilan ishtirok etdi. Bankning maqsadi mijozlarga xizmat ko‘rsatishda raqamli texnologiyalardan foydalanish va moliya sohasidagi innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Konferensiyada InfinBANK Sun’iy intellektni rivojlantirish departamenti direktori Aziz Siyaev “Sun’iy intellekt zamonaviy bankni qanday o‘zgartirmoqda” mavzusida taqdimot qildi. U nutqida AI yechimlarining bank ekotizimida bosqichma-bosqich tatbiq etilayotgani, raqamli transformatsiyaning amaliy natijalari va sun’iy intellektning mijozlar uchun yaratayotgan yangi imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shu orqali InfinBANK o‘zini ilg‘or, texnologik va raqamli innovatsiyalarga intilayotgan bank sifatida namoyish etib, mamlakatning texnologik jihatdan eng ilg‘or banklari qatoridagi o‘rnini mustahkamlamoqda.

7,130 views

Diposting 21 Okt

Biz qaytdik! 🔺 Kompyuter bilimlari kanalining sobiq prime admini Raulbek Ataxonov community ni qaytadan qurdi. 🔵Blogimda shaxsiy rivojlanish va raqamli marketing bo’yicha yirik kanalni asta sekin qurishni boshladim, undan tashqari fikrlash va psixologiya bo’yicha ham foydali postlar joylanadi, 2026-yilgacha o’zinggizni qayta qurish vaqti keldi! 🌐 Obuna bo’ling – @raulbek_ataxonov

6,460 views

Diposting 28 Agu

Келгуси 10 йил ичида ҳисоблаш қуввати миллион баробарга ошиб кетади. Бугун 2025 йил 28 август куни Nvidia асосчиси ва бош директори Jensen Huang махсус интервьюсида жуда катта даъво билан чиқди: Бу ҳар йили 4 баробардан ортиқ экспоненциал ўсиш орқали юз бериши мумкин. Демак, 2035 йилга келиб биз ҳозирги GPU (Видео хотира) ва дата-марказлардан миллион марта кучлироқ ҳисоблаш тизим яратилади. Сунъий интеллект моделлари — ҳозирги GPT, Claude ёки Gemini каби моделлар билан чекланиб қолмайди, балки триллионлаб параметрли, янада ақлли тизимлар пайдо бўлиши мумкин. Илмий ҳисоблаш — дори кашфиётлари, иқлим моделлари ва астрофизика каби соҳаларда инсоният ҳеч қачон ўйламайдиган даражадаги ҳисоблаш имкониятига эга бўлади. Қулайлик ва хавф — бу ўсиш фақат фойда эмас, балки энергия сарфи, хавфсизлик ва қонунчилик соҳаларида ҳам катта синовларни олиб келади. Демак, Аллох насиб этса янги 10 йиллик мисли кўрилмаган ўзгаришларни кўрамиз. @kompyuter_bilimlari — технология ҳақида чуқур ва содда тилда

9,110 views

Diposting 27 Agu

Toshkent koʻchalari robot kuchuk. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

7,520 views

Diposting 24 Agu

⚡️ Elektr o‘chib qolsa yozganlaringiz yo‘qolmasligi uchun nima qilish kerak? Siz uzoq vaqt Microsoft Office (Word, Excel va hokazo) dasturida ishlayapsiz. Noga’yon elektr o‘chib qolsa yoki kompyuter o‘chsa — barcha yozganlaringiz uchib ketishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun: 1️⃣ Автосохранение’ni yoqing 🔧 Файл → Параметры → Сохранение bo‘limiga kiring va Автосохранение каждые 5 минут (yoki 1 daqiqa) qilib qo‘ying. 2️⃣ OneDrive’dan foydalaning ☁️ Agar faylni OneDrive’ga saqlasangiz, avtomatik ravishda bulutda saqlanadi va hech qachon yo‘qolmaydi. 3️⃣ Ctrl + S tugmasini odat qiling 💡 Har 2–3 daqiqada Ctrl + S bosib, hujjatni qo‘lda saqlab turing. 4️⃣ AutoRecover fayllari 🛟 Office avto-saqlash fayllarini yaratadi. Elektr o‘chib qolsa, keyin dastur ochilganda “Document Recovery” oynasidan hujjatni qayta tiklashingiz mumkin. ✅ Demak, asosiy qoidalar: Автосохранение yoqilgan bo‘lsin, Faylni tez-tez saqlang, Bulutdan foydalanishni unutmang. Shunda yozganlaringiz hech qachon yo‘qolmaydi! ✨ @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

7,440 views

Diposting 24 Agu

💻 Windows’da noutbuk foydalanuvchilari uchun maxsus funksiyalar Ko‘pchilik bilmagan, lekin juda foydali imkoniyatlar: 1️⃣ Batareya tejash rejimi 🔋 Win + I → Система → Питание и батарея orqali yoqiladi. 2️⃣ Touchpad Gesture’lar 👉 3–4 barmoq bilan yuqoriga sursangiz – все окна, chap/o‘ngga sursangiz – переключение между окнами. Samolyot rejimi ✈️ Barcha simsiz aloqa (Wi-Fi, Bluetooth)ni o‘chiradi. Win + A orqali tez yoqish/o‘chirish mumkin (Режим «В самолёте»). 3️⃣ Ko‘z uchun qulay rejim (Night Light) 🌙 Ekran rangini yumshatib, ko‘zni himoya qiladi. Win + I → Система → Дисплей → Ночной свет. 4️⃣ Batareya hisobotini olish 📊 Batareyangizning ishlash tarixini ko‘rish uchun: Win + R → cmd → yozing: powercfg /batteryreport Natija отчёт о батарее fayli ko‘rinishida chiqadi. 5️⃣ Ikkinchi ekran rejimi 🖥 Noutbukni televizor yoki proyektor bilan ulash uchun Win + P. (Подключение второго экрана) @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda.

5,540 views

Diposting 22 Agu

Noutbuk batareyasi holatini tekshirish Ko‘p odamlar faqatgina batareya foizini ko‘radi, ammo batareyaning asl holati haqida bilmaydi. Windows’da yashirin buyruq orqali siz batareyangiz qancha vaqt xizmat qilishini oldindan bilishingiz mumkin. 🔎 Qanday tekshiriladi? 1. “CMD” yoki “PowerShell”ni admin huquqi bilan oching. 2. Quyidagini yozing: powercfg /batteryreport 3. Hujjat sifatida batafsil hisobot hosil bo‘ladi. 📑 Hisobotda nimalar chiqadi? Batareyadan foydalanish tarixi Qancha marta quvvatlangan va zaryadsizlangan Batareyaning asl quvvati va hozirgi real quvvati. Agar raqamlar orasida katta farq bo‘lsa, batareyangiz eskirgan degani. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

5,280 views

Diposting 19 Agu

Gamerlar uchun — adrenalinni oshiradi, Ofisdagilar uchun — sport mashg‘ulotini eslatadi! @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda Biz bilan bogʻlanish uchun @Nurik11_leader

5,360 views

Diposting 17 Agu

⚡ Kompyuter tok kelishi bilan avtomatik yonishi Ba’zan kompyuter doimiy ishlashi kerak bo‘ladi — server, kamera tizimi yoki kassalar uchun. Lekin elektr o‘chib-yonganida uni qo‘lda yoqish noqulay. Aslida Windows emas, balki BIOS/UEFI sozlamalari orqali bu muammoni hal qilish mumkin. 🔧 Qanday yoqiladi? 1️⃣ Kompyuterni qayta yoqing va BIOS/UEFI ga kiring (Del, F2, F10 yoki Esc tugmasi orqali). 2️⃣ Power Management yoki ACPI Configuration bo‘limini toping. 3️⃣ Quyidagi opsiyalarni izlang: AC Back / Restore on AC Power Loss After Power Failure Power On after Power Loss State After G3 4️⃣ Ularni Power On yoki Last State ga sozlang: Power On → Tok kelishi bilan kompyuter doim yonadi. Last State → Tok uzilishidan oldingi holatni tiklaydi. 5️⃣ Sozlamani saqlang (F10 → Save & Exit). ✅ Endi elektr qaytishi bilanoq kompyuteringiz avtomatik yoqiladi. Juda qulay! @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda Biz bilan bogʻlanish uchun @Nurik11_leader

5,670 views

Diposting 16 Agu

💻 Kompyuterga nechta monitor ulash mumkin? Bu nimalarga bog‘liq? Ko‘pchilik “kompyuterga nechta monitor ulasa bo‘ladi?” degan savolga qiziqadi. Aslida, bitta kompyuter bir nechta monitorda birdan ishlashi mumkin. Lekin bu imkoniyat quyidagi omillarga bog‘liq: 🔹 1. Videokarta (grafik karta) Har bir videokartada nechta chiqish porti (HDMI, DisplayPort, DVI, VGA) bo‘lsa, shuncha monitorni ulash mumkin. Zamonaviy o‘yin va dizayn kompyuterlari odatda 2–4 ta monitorni qo‘llab-quvvatlaydi. 🔹 2. Integratsiyalashgan va tashqi videokartalar Ba’zi kompyuterlarda ichki (integratsiyalashgan) va tashqi (discret) videokarta bo‘ladi. Ikkalasidan foydalanib, yana ko‘proq monitor ulash imkoniyati tug‘iladi. 🔹 3. Operatsion tizim va drayverlar Windows, Linux yoki macOS kabi tizimlar bir nechta monitor bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Drayverlar yangilangan bo‘lishi ham muhim. 🔹 4. Adapter va splitterlardan foydalanish Maxsus adapter yoki USB–HDMI konvertorlar yordamida ham qo‘shimcha monitor ulash mumkin. Lekin splitter bir xil tasvirni takrorlaydi, mustaqil ekran bermaydi. Oddiy ofis kompyuterlari odatda 2 ta monitorni qo‘llab-quvvatlaydi. Kengaytirilgan videokartalar esa 3–4 ta monitorgacha ishlatishi mumkin. Professional grafik stansiyalarda esa 6 va undan ortiq monitor ulash imkoniyati mavjud. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda Biz bilan bogʻlanish uchun @Nurik11_leader

4,700 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
SebelumnyaHal. 1 dari 84Berikutnya