Isi
TAKLIFNOMA Hurmatli ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar! Sizni 2025-yil 18–19-iyul kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida tashkil etiladigan “Academic Writing Class and DOAJ Workshop” xalqaro o‘quv kursida ishtirok etishga taklif etamiz. Ushbu trening Indoneziya va boshqa davlatlardagi yetakchi universitetlar olimlari, shuningdek nufuzli ilmiy jurnallar muharrirlari ishtirokida o‘tkaziladi. Kurs davomida siz: Akademik yozuv ko‘nikmalarini chuqurlashtirasiz Scopus va DOAJ jurnallarga maqola tayyorlash tartiblari bilan tanishasiz Jurnal muharrirlari bilan bevosita muloqot qilib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lasiz 📌 Muhim: Ushbu tadbir doirasida Scopusda indekslangan jurnallarda 10 ta, DOAJ ro‘yxatidagi jurnallarda 15 ta, hamda hamkor universitetlar jurnallarida esa har bir ishtirokchining maqolasi e’lon qilinishi kutilmoqda. 📅 Sana: 18–19-iyul 2025 📍 Manzil: TDIU Samarqand filiali 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish : https://docs.google.com/forms/u/0/d/e/1FAIpQLSdFxlPEZdMv2zV1Sv9QIvFf5ARuSc36z4ABqkhBSCg359GnEA/viewform?pli=1 🌐 Batafsil ma’lumot: https://scopus-camp.sbtsue.uz 📌 Tili: Ingliz tilini tushunish darajasi talab etiladi 💼 Xarajatlar: Byudjetdan tashqari mablag‘lar yoki boshqa qonuniy manbalar hisobidan Ishtirok etishni istaganlar 2025-yil 14-iyulgacha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.