TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Sobir Muhammad
Sobir Muhammad avatar

TGINSIGHT POST

Post #135

@sobir_mukhammad

Sobir Muhammad

Tampilan493Jumlah tampilan
Diposting17 Jun17/06/2025, 08.36
Isi postingan

Isi

Assalomu alaykum, Bobo, unutilgan otashgohlarda qolgan soʻnggi gulxan misoli yoding, bir kiprik yumilsa soʻnadi u ham sogʻinching taftidan beasar kezib qoshingga sayyohday qoʻnyapman yana borar yoʻl ankabut toʻriday chigal oʻylayman qiyofang koʻzlaring rangin, doʻrildoq ovozda kitob oʻqishing qadoq qoʻllaring-la uzishing anjir choponing pinjida asrab shamoldan, namoz oʻrgatishing, salom bermoqlikni ikki tarafga.... Bobo – latifroqdir bu soʻz men uchun, tushun, yozgim kelar sening toʻgʻringda toki hech unutib qoʻymayin seni kiftimda kaftingni turayin sezib toki his qilmayin begonalikni… Bobo, azon aytildi Izn ber So'zimni qilaman yakun Assalomu alaykum, Bobo. Assalomu alaykum. ✍@sobir_mukhammad @madinaazam