TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Sobir Muhammad
Sobir Muhammad avatar

TGINSIGHT POST

Post #17

@sobir_mukhammad

Sobir Muhammad

Tampilan1,850Jumlah tampilan
Diposting13 Mar13/03/2025, 09.57
Isi postingan

Isi

Asqar Mahkam Bu uyda bir paytlar buvim yashagan, mehrsiz kelinin dastidan yonib. Poydevor toshini o‘zi tashlagan, Bizlarga non yopgan tunlar uyg‘onib. O‘zi yer chopardi, o‘zi ekardi, nevara tashvishi, besh mahal namoz. G‘am oshib ketganda nos ham chekardi. Qo‘shnilar goh yarash, gohi payt araz. Ayriliq dardida oqargan sochi, sarg‘ayib borardi kun o‘tgan sayin, turmushga yetardi bazo‘r qulochi, bu davru zamonga yetmasdi tayin. Men esa shoirman - boru yo‘g‘im shu... Ba’zan she’r to‘qiyman o‘shanga atab. She’r nima bilmagan va bilmaydi u, o‘ylab ham ko‘rmagan yetmish yil yashab... Bu uyda bir vaqtlar buvim yashagan. @sobir_mukhammad