Isi
Suratlarni tomosha qilaman. San'atni tushunadigan odamlardan tavsiya so'rab film ko'raman. Syujet, kadrlarni go'zalligiga oshiqman. Musiqa tinglayman, ohangga esh bo'lib nimadirni his qilganday tutaman o'zimni. Kameramni ko'tarib "genialniy" asarimni maqtanaman. Qaranglar, bu dunyodagi eng qimmatli asar. Sizni saviyangiz yetmayapti brodar deyman ko'zlaringizga qarab. Ming oshufta bo'lsamda qalban hech nimani tushunmayman. Tarkoviskiyni "Ko'zgu" sida falon kadrni qarang, Bela Tarrni 7 soatlik filmini, Dostoyevskiyni "Qimorbozini" 3 karra, Masumani esa yoddan bilganday sizga so'zlayman. Lekin tushunishni istayman. Qadim paytlar, she'rlarimni jo'rtaga o'zimga yoqmasligin aytardim, javob meni o'sayotganim takidlanishi uchun edi. Burn Out. Rosti nima qilayotganimni bilmayman, sizga qarab turib boshqa ishlarni, kimdan nima olarim haqida o'ylayman. Hammasini tashlab, qaysi bir ovloqda poda haydab yurishni istayapti ko'ngil. Balki shunda his qilarman, hissiyotlarimni tushuntira olarman.