TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqand. Tarixiy joylarga bormadim. Asosan konferensiyalar bilan kunim o'tdi. Montajlarim kechgi o'n birdan o'tib tugaydi. Shu payt Buxorodagi kabi kichik tor ko'chalarni kezdim. Bu maroqliroq menga. Sokin, judalar sokin. Toshkentdagi kabi vaqt tez o'tmaydi. Andijonga qaytib ketishni o'ylayapman. Yig'gan, bilgan narsalarimni tashlab(ular ko'pmi kammi). Xotirjamlikni topgandayman. Bu ham baribir jonga tegadi. Menimcha sayohat sabab shunday hulosaga kelyapman. Lekin manzillar ko'p. G'ilon, Darband, men ko'rmoqchi bo'lgan joylar ko'p. Yolg'iz sayrni yoqtirsamda, baribir suhbatdoshlar qadri sezilyapti.