Isi
Yo'l tugamasa, yuraversam. Tovonim qavarib, yiringlab og'riq har hujayraga tortsa changalin. Unitilsa ajdarday yoprilib kelgan havotir. Bir o'q halok qilar uni. Qurtga do'nar olov yalagan tili. Qurtlar cho'g. Egallamish butun borlig'im. O'pkamni, ko'zlarimni, lekin yuragimni asrash ilinjida sizga tutatam. Yonayotgan yuragimni. Yo'l bo'ylab ketadi hayollar yana. Sizni unitaman (yonib ketgandirsiz allaqachon). Izlaganim nima ekanim anglamay yana sudralaman. Izlamga ism qo'yaman, halovat. So'z keladi. Kimga nasib qilganki, senga... Tag'in ajdar ertakdagi kabi qayta tiklanib, men izimdan quvlaydi. Qochishga yo'l izlayman. Sizni ko'zlaringizga ro'baro bo'larman yana. So'qmoqlarda omon qolishimga ishonib sho'ngiyman. Yo'llar qutqaradi. Menga sizga kerakmas har qaysi so'qmoqni, ilonizi yo'lchalarni bering