Isi
Istalgan soha bo'lsin hech birida ohiriga yetmaganman. Yo'lni yarmidan o'tganda bari shu qadar zerikarli bo'la boshlaydi. 5 yil fizika-matematika o'qib filologiyaga topshirganim, TV-kanalda yarim yilga yaqin ishlab, mebelchilik bilan ishlash. Hech biri yakuniga yetmagan. Bir suhbatdosh bilan ham shunday kechadi. Men undan zerikdimmi tamom. Honadoshlarga hazillashaman, hech bir ishni ohiriga yetkazmaganim uchun bo'yim ham chala qolgan deb. Barini ko'ngil ishi deyman, qalin kitoblar orasidan yulib olingan jumla bilan oqlayman "Ijodkorlar atrofi doim yangilanib turishi kerak". Qaydam hammani atrofi shunday kechishi kerak aslida. Gapini yo'qotdim. Odamlar orasida ishlash uchun kutubxonaga keldimu, 1 soatcha uyquni berdim yana. Keyingi hayol keldi, men nihoyat bir ishni yakunlay oladigan bo'libman. Hay, hizmatingizda Uhlash bo'yicha O'zbekiston chempioni.