TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Savollar va Javoblar
Savollar va Javoblar avatar

TGINSIGHT POST

Post #491

@MRI_savollar

Savollar va Javoblar

Visualizzazioni47Numero di visualizzazioni
Pubblicato3 mar03/03/2026, 13:29
Contenuto del post

Contenuto

#savol_javob ❓Savol: Qurilish sohasidagi korxonalar, shuningdek qurilish sohasida budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar har bir kalendar oyning oxirgi kuni bajarilgan qurilish ishlari va xizmatlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha elektron hisob faktura rasmiylashtirishi kerakmi? ✅Javob:Soliq kodeksining 242-moddasida, ob’ektlar qurilishida, shu jumladan ob’ektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda, shuningdek uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, har bir kalendar oyning oxirgi kuni aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanishi belgilangan. Ushbu kodeksning 248-moddasida, ob’ektlarni qurishda, shu jumladan ob’ektlarni foydalanish uchun tayyor qilib qurishda, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlarni, shuningdek uzoq texnologik (bir hisobot davridan ortiq) davriylikdagi boshqa uzoq muddatli shartnomalarni bajarishda soliq bazasi har bir kalendar oyning oxirida haqiqatda bajarilgan ishlar hajmining ushbu Kodeksning 303-moddasiga muvofiq soliq bazasi kiritilmagan holda aniqlanadigan qiymati asosida aniqlanadi. Agar shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymatidan kelib chiqqan va buyurtmachi materiallarining qiymatini soliq bazasiga kiritmagan holda aniqlanishi belgilangan. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website