TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Contenuto del post
Contenuto
#savol_javob ❓Savol: Korxonamiz majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi bo‘yicha soliq organi tomonidan xabardor qilingan edi. Auditorlik xulosasini soliq organiga topshirish bo‘yicha qanday qonuniy talablar bor? ✅ Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi”gi Qonunining 35-moddasida majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin o‘n besh kun ichida, biroq hisobot yilidan keyingi yilning 15-iyunidan kechiktirmay, soliq organlariga auditorlik xulosasining ko‘chirma nusxasini belgilangan tartibda taqdim etishi belgilangan. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website