Contenuto
#savol_javob ❓Savol: QQS to‘lashga o‘tishi lozim bo‘lgan soliq to‘lovchi QQS to‘lovchisi sifatida soliq organida maxsus ro‘yxatdan o‘tmagan taqdirda, qanday javobgarlik belgilangan? ✅Javob:Soliq kodeksining 219-moddasiga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻining soliq toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyishning belgilangan tartibi soliq toʻlovchi tomonidan buzilganda, — soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hisobga qoʻyish sanasidan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha boʻlgan davrda olgan daromadining besh foizi miqdorida, lekin besh million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari 2026-yil 1-yanvardan boshlab ilk marta aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilarga nisbatan ular qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtish majburiyati yuzaga kelgan muddatdan eʼtiboran bir yil ichida roʻyxatdan oʻtgan hollarda tatbiq etilmaydi. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website