TGINSIGHT CHAT
Ongli onalik🫀
@OngliOnalikSari
LinguisticaOngli onalik tilab qolamiz🫀 Postlar manbasi bilan olinsin!
Post recenti
Pag. 1 di 25 · 297 post
Pubblicato 11 giorni fa
🌟urmatli yaxshilar, bugun sizlar bilan judayam ajiiyb va jamiiiyl ma’lumotlar ulashgim keldi, bu ayni opoqilar va buvilarga maxsus bag’ishlanadi… Bilaman, garchi rasmdagi buvijonlar va bobolar hozirgi zamonaviy opoqilar(farg’ona shevada bobo) va buvilarga o’shamasada( hozirgilar anchagina yosh ko’rinadi, yaqin kelajakdayam buvi desa zamonaviy bir ayol hayolda gavdalanar balki😁), bu ma’lumotlar ayni qiziq va foydali… 🩷🩷 Xullaskalom, o’qing va tarqating, pikr ham bildirib ketavering😀 🌟Inson yoshi kattaygan sari xotirasida, diqqatida muammolar bo’lishi mumkin. Bu yoshga xos xususiyat. Ammo lekin biroq, nabiralari bilan ko’p vaqt o’tkazadiganlarda olimlar tadqiqot o’tkazgan. 🌟Ko‘pchilik kichik motorika o‘yinlari faqat bolalar uchun deb o‘ylaydi 😊 ❗️Aslida esa qo‘l va barmoqlarni ishlatadigan mashg‘ulotlar har qanday yoshdagi inson miyasi uchun foydali. ❗️Ayniqsa bobo-buvilar uchun nabiralar bilan birga: 🌟lego yig‘ish, 🌟pazl qilish, 🌟munchoq terish, 🌟xamir o‘ynash, 🌟rasm chizish, 🌟kitob varaqlash, 🌟birga ovqat tayyorlash, 🌟bog‘da ishlash nafaqat vaqt o‘tkazish, balki miya uchun ham bir mashq hisoblanadi. 🌟Tadqiqotlarda qo‘lning nozik harakatlari bilan xotira, diqqat va fikrlash qobiliyati o‘rtasida kuchli bog‘liqlik topilgan. Qo’l barmoqlari faol bo‘lgan kattalarda ham kognitiv funksiyalar yaxshiroq saqlanishi kuzatilgan. 🌟Yana qiziq tomoni bu faqat “qo‘l mashqi” emas. Nabirasi bilan birga o‘ynaganda inson: 😃gaplashadi, ⏺️kuladi, ⏺️eslaydi, ⏺️reja qiladi, ⏺️harakat qiladi, ⏺️hissiy aloqa qiladi. Miya esa aynan shunday kompleks faoliyatni yaxshi ko‘radi 😀 🌸2026-yilda chop etilgan katta kuzatuv tadqiqotlaridan birida nabiralari bilan faol vaqt o‘tkazadigan bobo-buvilarda xotira va nutq faoliyati yaxshiroq saqlangani qayd etilgan. Olimlar ijtimoiy va aqliy faollik inson yoshi ulg’aygandagi aqliy pasayish(xotira, diqqat)ni sekinlashtirishga yordam berishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. 🤎Yana boshqa tadqiqotlarda: 🎊Birgalikda to’qish, tikish, ✉️Birga narsalae yasash, 💐Bog’da birga ishlash, 📕Chizish, 🖱Pazzl yig’ish, kabi qo‘l bilan bajariladigan mashg‘ulotlar stressni kamaytirishi, diqqatni faollashtirishi va miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi aytiladi. 🩷Xurmatli bobo va buvijonlar, sizning nabirangiz bilan o’ynashingiz oltinga tengdir, ularga kitoblar o’qib berishingiz, birgalikda o’ynashingiz nafaqat bolaga balki o’z qimmatli miyangizga ham judayam foydali! Xurmat bilan Go’zalxon Xamidova ❤️@GuzalMoonblog - bolaga aloqador barcha uchun 🤗@OngliOnalikSari - yaqinlarga ulashish va ilinish uchun
Pubblicato 26 giorni fa
Bolalarni bunday bo’lib qolishiga yo’l qo’ymang… O’zbekistonda 3 oy avval yurganimda bolalar kasal bo’lishdi poliklinikada bir ikki uch yoshli bolakaylar qo’lida telefon va reeels ko’ryapti😱… Qayta-qayta, tez-tez o’tkazyapti… Injiqlanganda esa onasi jinnisi tutdi buni deydi yana… Boladan yana nimani kutasiz. Bu qisqa muddatli natija, uzoooq muddatda esa bu yanada daxshatli muammolar keltirib chiqaradi… Videoda qisman ko’rish mumkin, bunday katta bo’lgan kattalar jamiyati qanday bo’ladi?!
Pubblicato 29 giorni fa
Loy o’ynash — bolalar uchun juda foydali o‘yin. U bola sezgi tizimini rivojlantiradi: qo‘li bilan turli teksturalarni his qiladi. Loyni siqish, aralashtirish va shakl berish orqali mayda motorika mustahkamlanadi. Bola o‘z tasavvurini ishlatadi — ovqat pishiradi, uy quradi, rolli o‘yinlar o‘ynaydi. Bu o‘yin bolani tinchlantiradi va stressni kamaytiradi. Tabiat bilan aloqani kuchaytiradi va mustaqil o‘ynashni o‘rgatadi. Loy o’ynashning ko‘pchilik bilmaydigan foydalaridan biri — u bolaning immunitetini tabiiy ravishda mustahkamlashga yordam beradi. Tuproqdagi foydali mikroorganizmlar bilan aloqa qilish organizmni chiniqtiradi. Yana bir muhim jihati — bu o‘yin asab tizimini muvozanatlashtiradi. Loyni siqish va aralashtirish bola uchun tabiiy “sensor terapiya” bo‘lib, ichki bezovtalikni kamaytiradi. Shuningdek, loy o’ynash diqqat va sabrni rivojlantiradi. Bola uzoqroq vaqt bir ishga berilib ketadi, bu esa keyinchalik o‘qishga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bu oddiy ko‘rinadigan o‘yin aslida bola rivoji uchun juda chuqur foyda beradi. Yoz kelyapti, bemalol loy qilib bersa bo’ladi bolaga😃, Go’zal xolangiz aytdi deb qo’yaverasiz… @GuzalMoonblog @OngliOnalikSari
Pubblicato 4 mag
Uyda bolalar bilan shug’ullanish uchun @OngliOnalikSari
Pubblicato 10 apr
“Ber o’shani, qulog’imiz tinch tursin” Bu jumlani ko’p eshitganmisiz? Ha telefonlar - gadjetlar Ovqat paytida, bola yig‘laganda, charchaganimizda. Juda as qotadigan kuchli qurol! Chunki u bir necha soniyada bolani tinchlantiradi, onaga, uydagilarga esa tinch quloq hadya qiladi. Lekin bugun ko‘plab mutaxassislar bir narsani ta’kidlamoqda: bolalar tobora “ekran ichida ulg‘aymoqda” The Anxious generation - Behalovat Avlod kitobida ham shu mavzu juda chuqur yoritilgan. Kichkina miyaga nima bo‘ladi? Bola miyasi juda tez o‘rganadi. Ekran esa unga: • juda tez o‘zgaradigan tasvirlar • kuchli ranglar va ovozlar • doimiy “yangi stimul” beradi Natijada miya shunga moslashib qoladi. Uzoq muddatdagi ta’sir va oqibatlari esa yanada qo’rqinchli va xatarli… Shunda real hayot qanday ko‘rinadi? Oddiy hayot — sekin O‘yin — zerikarli Kitob — o’ta zerikarl Gaplashish — yoqimsiz Va bola uchun: • tez zerikish boshlanadi • sabr kamayadi • doimiy stimul istagi paydo bo‘ladi • diqqatni jamlash qiyinlashadi Ba’zi bolalarda hatto: • hissiy portlashlar (injiq, yig’layveradi) ko‘payadi • “yoqmayapti” degan reaksiyalar tezlashadi Eng muhim haqiqat shuki Bu siz yomon ona ekaningizni anglatmaydi. Bu — zamonning muammosiga aylanib bo’ldi! Ko‘p oilalar shu muammoni boshdan kechirmoqda. Yaxshi yangilik esa shuki: Miya juda moslashuvchan. 📌Ekran kamaytirilsa 📌jonli muloqot ko‘paytirilsa va o’yinlar qo’shilsa 📌zerikishga ham imkon berilsa bola asta-sekin: • sabrliroq bo‘ladi • diqqatini yaxshiroq jamlaydi • real hayotdan ham zavq ola boshlaydi “Zehn poydevori” kursida biz faqat nazariy emas, balki amaliy ravishda: ☀️ekran bilan sog‘lom munosabat ☀️kundalik alternativalar ☀️bolaning diqqatini kuchaytirish usullari hammasini birga ko‘rib chiqamiz. ⌛Qabul yopilishiga oz vaqt qoldi! @guzalmoonUmmuMustafo ga yozing😊
Pubblicato 1 apr
#BarchasiBolaHaqida 🥰Kichik odatlar — katta natija 🥰Bola uchun rutina xavfsizlik! Takrorlanuvchi kun tartibi bolaga ishonch beradi! 🎶Har kuni kichik e’tibor katta natija olib keladi! Kichik mehr yig‘ilib katta ta’sir qiladi 🍿Bolani tinglash sevgi belgisi. Tinglangan bola o‘zini muhim his qiladi! 😎Bola shoshilmay o‘rganadi… Shoshiltirish rivojlanishni sekinlashtiradi! 🙏Bola siz bilan o’tkazgan vaqtni qadrlaydi… Sifatli vaqt — eng katta investitsiya 😎 Sizda qanday kichik odatlar bor? Shakllantirishni bizgayam o’rgating! 🤍@GuzalMoonblog😊@OngliOnalikSari - Postni kerakli joyga uzatish uchun kanalimiz😊
Hashtags
Pubblicato 31 mar
#BarchasiBolaHaqida Siz bilmagan oddiy haqiqatlar 🤗Bola sizni takrorlaydi ayniqsa kundalik odatlarni Siz qilayotgan kichik odatlar ham unga o‘tadi 🧩Bola bilan o‘yin rivojlanish vositasi O‘yin orqali bola fikrlash va muloqotni o‘rganadi 👩🍳Bola uchun sizning e’tiboringiz eng katta mukofot E’tibor olgan bola o‘zini qadrli his qiladi 👦Bola ko‘p savol bersa to‘xtatmang Savollar — tafakkur rivojlanayotganining belgisi 👍Bola xato qilib o‘rganadi Xato — rivojlanishning tabiiy qismi Bolangizda o’z aksingizni ko’rasizmi? Layk bosish orqali o’qiganingizni bildirasiz va menga kelasi postlarga “matvatsa” bo’ladur😃 🤍@GuzalMoonblog😊@OngliOnalikSari - Postni kerakli joyga uzatish uchun kanalimiz😊
Hashtags
Pubblicato 29 mar
Ongli onalik🫀 pinned a photo
Pubblicato 29 mar
#BarchasiBolaHaqida 😊Bola sizni eshitmayotgandek tuyulsa ham aslida u sizni kuzatyapti 😊Bola “yomon xulq” ko‘rsatmaydi u shunchaki nimanidir ifoda qila olmayapti 😊Bola uchun eng katta xavfsizlik ota-onaning yonida o‘zini tushunilgan his qilish 😊Bola kichik bo‘lsa ham hurmatni his qiladi 😊Bolaga berilgan e’tibor uning qalbini to‘ldiradi Xayrli yakshanbalar yaxshilar 💙, bugungi rejalar qanday? 🤍@GuzalMoonblog😊@OngliOnalikSari - Postni kerakli joyga uzatish uchun kanalimiz😊
Hashtags
Pubblicato 28 mar
Qadronlar, nihoyat o‘sha kun keldi! Ham jonli efirda 5 yillik erta ta‘lim bo‘yicha izlanish va tadqiqotlarimni natijasida olgan xulosalarimni Sizlar bilan ulashaman! Ham "Zehn poydevori" kursi haqida batafsil yoritib taqdimot o‘tkazib beramiz. Qachon: 5-aprel Qayerda: https://t.me/+1a7qMtrO3_djYTFi Oldinda asosiy qabul turibdi. Bu taqdimot davomida kursga yozilasizmi yoki yo‘q — baribir yangi va foydali ma’lumotlardan bahramand bo‘lasiz, in sha Alloh https://t.me/+1a7qMtrO3_djYTFi https://t.me/+1a7qMtrO3_djYTFi https://t.me/+1a7qMtrO3_djYTFi
Pubblicato 26 mar
Biz bolalik yillarini gadjetlar deb boy bermayapmizmi? Bola degan beg’uborlikni, bolalik deb ataladigan oltin yillarni boy bermayapmizmi? Yo’qotmayapmizmi? Bolalik deb eslasam, kuni bilan o’ynaganlarim-niyu, beg’uborlik yillarimni, ko’cha changitganimizni-yuu, yomg’irlarda loy va ho’l bo’lganlarimizni…. Bearmon o’ynaganlarimizni eslayman… Bolalikdagi shu o’ynalgan o’yinlar orqali hozir mustaqil yura olaman, o’zimni bemalol eplayman- xola-xola o’yinlari asos bo’lgan… Loy va qumlarga qorishgan qo’llarimdagi nervlarim yaxshi rivojlangan… Bolalik paytlarimizni eslasak, bu kech gapiryapti ekan degan muammo kam uchragan, yoki rivojlanishdan ortda qolibdi degan muammolar kam bo’lgan. Vaholanki, kimni onasi kuni bilan mashg’ulot qilib o’ynabdi birga??? Bunga biz o’ynagan o’yinlarning hissasi katta… Endi Hozirgi bolalarga boqing, bizga sof fitratda yetkazilgan va omonat topshirilgan bolalar… Hali tug’ilmasdan onasi tinimsiz telefon ko’rardi, endi u tug’ildi, qarshisiga kattagina Televizor yoqib qo’yib ish qilishadi, 5-6 oylikdan o’tgach(balki ertaroq) telefon tutkaziladi, bolalar shu zaylda bir yoshdan ikki yoshdan bola tugul kattalar miyasini chiritadigan qisqa videolar ko’rish bilan band… Oz bo’lsada dam olaman deb tin olayotgan kattalar, bolalar injiqligini ko’tara olmaydiganlar ko’zingizni oching! Bugun qilayotgan ozgina damingiz va ishlarimni bitirib olay deyishingiz judayam qimmatga tushadi, achinarli bo’ladi…. Bolalar bejizga injiq emasda, bejizga xuddi sizning asablaringiznu yeydigandek ko’rinmaydi-daa, ularning ehtiyojlarini bir joyiga qo’yingchi? Keyin qarang qani injiqliklar va yig’ilar qancha bo’lar ekan? Ko’p davlatlarda bolalarni ko’rganman, lekin O’zbekistondaligimdagi holat achinarli. Shu darajada bolaga ekran va TV berish ko’p-kiii… Ular ko’rayotgan narsalar saviyalari esa qo’rqinchli…. Bugun mas’uliyatni men olmasam, siz olmansangiz jamiyatimiz va ummat kelajagi nima bo’ladi? Manqurtlar ko’paymaydimi? Keyin omonatni javobini qanday beramiz? Hammasini o’ylayveraman, Alloh holimizni isloh qilsin… Endi bundan umidsizlikka tushmay, nimalar qilish mumkinligini gaplashamiz, nasib) Bolalarni zamonasiga mos tarbiya qilish lozim! Go’zalxon Xamidova @OngliOnalikSari @Guzalmoonblog
Pubblicato 21 mar
Embrion ruhiyati - inson ruhiyati poydevori Ona qornida 9 oy davomida bolada fiziologik rivojlanish bilan birgalikda psixologik rivojlanishning poydevori quriladi. Ona o’zini hotirjam, baxtli his qilganda yoki bezovta bo’lsa, ruhan ezilsa qornidagi chaqaloq ham ta’sirlanadi. Mening bolam “tortinchoq, ko’pchilikni oldida o’zini yo’qotib qo’yadi, gapirolmay qoladi” degan gaplarni eshitib qolamiz, unga ona qornidaligi paytining ham hissasi katta. Homila davrida ona nima bilan ko’p mashg’ul bo’lsa va ruhiy-manaviy dunyosi qanday bo’lsa, bu embrionning ruhiy dunyosi shakllanishiga asos bo’ladi. Ayniqsa agar istalmagan homiladorlik bo’lsa, bola ham o’zini xohlanmayotganini his qiladi. Bu esa uning ruhiyatiga jiddiy zarba bo’ladi. Butun hayoti davomida ham norozilik va ezilganlik his qilishi mumkin. @GuzalMoonblog