@redfoxuz / #rebranding
Hayit muborak dizaynlarida "ilhomlanishga" yordam beradigan Freepik Company'da rebrending
Yangi brending San-Fransiskodagi kreativ yo'nalishidagi yutuqlarga erishgan Partners in Crime reklama agentligi bilan tayyorlangan
Batafsil: https://www.freepikcompany.com/newsroom/freepik-new-identity/
@redfoxuz / #rebranding
Ha bu konsept emas, Dribbble'ning yangi logosi
14 yillik ijodkorlikni rivojlantirib, dizaynerlarga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etgandan so'ng, Dribbble dunyoning istalgan nuqtasida ijodkorlarni yollash uchun eng yaxshi joy bo'lish vazifasini ikki baravar oshiradi va bunga qo'shimcha ravishda bizda yangilangan logotip mavjud! — Dribbble izohi
Yangilangan logodan tashqari saytdagi asosiy sahifani, product sahifalarini, navigatsiya va ko'plab sahifalarni yangidan ishlab chiqishdi.
Dribbble bundan buyog'iga asosiy urg'uni: Learn, Showcase, va Work'ga qaratadi
Batafsil: dribbble.com
@redfoxuz / #rebranding
Fanta yangilangan aytentikani taqdim qildi
Yangilangan Fantada barg va olovrang fon olib tashlangan, bunday qilinishidan maqsad faqat apelsinli ichimlik degan pozitsiyadan uzoqlashib, boshqa ta'mli ichimliklarga urg'u berish ham mumkin.
Batafsil (ru): https://pllsll.com/news/9008
@redfoxuz / #rebranding
Pepsi yangi logosini taqdim qildi.
Pepsi yangi logotip va vizual identifikatsiyani taqdim etadi. 2023 yil kuzda kutilmoqda.— Pepsi
Video: https://youtu.be/UZZ5s_qhHMA
@redfoxuz / #rebranding
PDP Akademiyasi o'z logotipini yangiladi
2022 yilning fevral oyida PDP ECOSYSTEM va uni ichiga kiruvchi PDP Academy rebranding o'tkazdi. Rebranding bilan bizning agentlik shug'ullandi.
Loyiha doirasida biz yangi korporativ identifikatsiyani ishlab chiqdik, u taniqli logotip va eski ranglarni yanada yorqinroq va adaptiv ranglarga almashtirdik. Yangi dizayn kompaniyaning innovatsion va zamonaviy xarakterini, shuningdek, uning ilg'orligi va o'z sanoatidagi yetakchi mavqeini ta'kidlaydi. — RedFox Agency
Batafsil: PDP ECOSYSTEM (PDP Academy) — Rebranding
Nimaga o'tgan yilgi rebranding endi e'lon qilinyapti desangiz, SMM menejerimiz erinchoqroq bo'lganligi sabab🤓
@redfoxuz / #rebranding
🍇 Apelsin endi Uzum Bank
Apelsin Uzum kompaniyasiga qo'shiladi va dekabrda nomini Uzum Bankga almashtiradi. O'z o'zidan mobil dasturda olovrang o'rniga siyohrang bo'ladi va mobil dasturga Uzum ekosistemasi bilan integratsiya bo'ladi.
Apelsin, Uzum, Olcha, Anor, Olma (Apple), Qovun, Tarvuz?
@redfoxuz / #rebranding
Sprite rebrendingi
Redizayn The Coca-Cola Company dizayn jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. San-Fransisko, Kaliforniyadagi Turner Duckworth kompaniyasi esa asosiy dizayn sistemasini va yangi qadog'ini ishlab chiqgan. Manchester va Buyuk britaniyalik Relative kompaniyasi esa qadoq kommunikatsiyasini, qadoqni moslashtirish (adaptatsiyasi) va sotuv uchun videoroliklar bilan shug'ullangan.
@redfoxuz / #rebranding
"M&M's"ning yangilangan aydentikasi va kommunikatsion strategiyasi.
"Endi u moslashuvchan va o'ziga xos, yangi maqsad tuyg'usi va asosiysi yanada qiziqarliroq asos bilan, yana va yana salomlashishga tayyor..." — jones knowles ritchie kreativ kompaniyasi
Batafsil: https://jkrglobal.com/case-studies/mms/
@redfoxuz / #rebranding
"Agrobank" rebrendingni amalga oshirdi. Jumladan logo, naqsh (pattern), aydentika, shrift, bank sayti va mobil ilova yangilandi. Rebrending mahsulotlari Artemiy Lebedev studiyasi va lokal dizaynerlar tomonidan shug'ullanilgan.
"Agrobank rebrendingi marketing tahlili va bankning uzoq muddatli strategiyasiga asoslanadi va yangi brend joylashuvi bo‘lib xizmat qiladi."
O'zgartirishlar soddaligi bilan ajralib turadi va Agrobankning korporativ yashil rangida tayyorlangan.
Aydentika haqida: https://www.artlebedev.ru/agrobank/identity/
Shrift haqida: https://www.artlebedev.ru/agrobank/type/
@redfoxuz / #rebranding
"Korzinka.uz" endi shunchaki "korzinka"
Korzinka brendi 25 yilligi munosabati bilan rebrending o'tkazdi, yangi rebrending jarayonida kompaniya TLD, ya’ni .uz dan va "est" dan voz kechgan. Bundan tashqari yangi simvol va font ishlatilingan.
Logodan tashqari shior (slogan) ham yangilangan — "korzinka – odatdagidan yaxshi 😊"
Manbaa: https://www.instagram.com/p/CUzjbx5IgpZ
@redfoxuz / #rebranding
Lada o'z logotipini yangiladi
«Raqamli davr idrok qobiqlarini yo'q qiladi, Lada yangi interfeyslar tilini qabul qildi, yangilandi va yangi bosqichga o'tdi. Yangi ufqlar sari intilish nuqtai nazarini o'zgartiradi. Ko'p vazifalarni bajara olish - barcha ekranlarda bo'ling, keyingi raqamli avlod talablariga javob bering. 3D uslubidan — yangilangan bugungi estetikaga ."- Lada.
Batafsil: https://youtu.be/qphPVjxylfc