Ci vediamo in diretta questa sera?🎧📺
#live#pubblicareunlibro
📣Io e Fulvio Julita abbiamo una serie di cose da raccontarvi e una news in anteprima.
📞Parleremo di quando un progetto di pubblicazione non va a buon fine - una sconfitta, insomma - e ci si domanda come reagire, che cosa fare.
📽Ci confronteremo su come cercare e raggiungere i lettori, sui canali di distribuzione del libro e sulle risposte alle vostre domande.
Seguiteci sulla mia pagina FB e sul canale Youtube alle 18.30.
🔴#Live
#Ekoforum
Ayni vaqtda Andijon davlat chet tillari institutida Oʻzbekiston ekologik partiyasi Andijon viloyati kengashi hamda Andijon davlat chet tillari instituti hamkorligida "Yashil kelajak sari" shiori ostida Yoshlar forumi bo'lib o'tmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Ekoforum
Andijonda “Yashil kelajak sari” shiori ostida ekoforum boshlandi
Andijon viloyatida “Yashil kelajak sari” shiori ostidagi yoshlar ekoforumi o‘z ishini boshladi. Tabiatga ehtirom, ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan mazkur forum tantanali ruhda start oldi.
Marosimda partiya Markaziy Kengashi vakillari so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlar har bir insonning, ayniqsa yosh avlodning ekologik bilimi va madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Shuningdek, “yashil kelajak” g‘oyasi atrofida yoshlarni birlashtirish, ularni tabiatni asrash va barqaror rivojlanish yo‘lida faol bo‘lishga chorlash bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani qayd etildi.
Forum doirasida turli bellashuv va musobaqalar, qiziqarli mashg‘ulotlar hamda amaliy ekoloyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tadbir ishtirokchilari uchun bilim va tajriba almashish, yangi g‘oyalar ustida fikr yuritish, tabiatni asrash yo‘lida amaliy qadamlar tashlash imkoniyati yaratiladi.
Tantanali ochilish marosimida barcha qatnashchilarga omad va ilhom tilab, “Yashil kelajak sari” qadam qo‘ygan yoshlar uchun forumning ezgu maqsadlarga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Sayyor_yigilishi
Bugungi yig‘ilishimiz Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasidan kelib chiqib Ekologik partiya va fraksiya oldida turgan vazifalarni aniq belgilab olishimiz, kelgusi davr uchun o‘zimizga siyosiy va amaliy majburiyatlar olishimiz zarur deb hisoblaymiz.
Xulosa qilib aytganda, bugun ekologiya masalasi bu tabiatni asrash masalasi inson qadrini ulug‘lash masalasi, sog‘lom jamiyat va barqaror davlat qurish masalasi. Bu kelajak avlod oldidagi vijdon masalasi.
Davlatimiz rahbari Murojaatnomada ta’kidlaganidek, agar biz barchamiz birlashib, yagona xalq va yagona millat sifatida olg‘a intilsak, har qanday yuksak marrani zabt etishga qodirmiz. Ana shunday birdamlik bor ekan, hech qanday kuch bizni o‘z tanlagan yo‘limizdan qaytarolmaydi.
— deya taʼkidladi partiya rahbari o‘z chiqishida.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Sayyor_yigilishi
Tadbirning rasmiy qismda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev so'zga chiqib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan yangi yo‘nalishlar partiya faoliyati uchun dasturilamal bo‘lishini ta’kidladi.
Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida partiya va fraksiya oldida turgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#live#kurgazma
Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan festival doirasidagi ko‘rgazmadan fotoreportaj
——
Фоторепортаж с выставки в рамках фестиваля, проходящего в Бухаре
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔴#Live
#Deputat_hududda
Mahalladagi ijtimoiy va ekologik holat o'rganildi
O‘zbekiston Ekologik Partiyasi Markaziy Kengashi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev Sirdaryo tumanidagi “Islomobod” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Ochiq muloqotda hududdagi dolzarb ekologik muammolar muhokama qilindi.
Suhbat davomida suv tanqisligi va yer sho‘rlanishi asosiy masala sifatida ko‘tarildi. Sholi ekish oqibatida sho‘rlanish kuchayayotgani qayd etildi. Muammoni bartaraf etish maqsadida suv o'lchagichlar o‘rnatish va yer holatini doimiy monitoring qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda mutasaddilar bilan bog‘lanildi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Deputat_hududda
Fraksiya rahbari sirdaryolik yoshlar bilan uchrashdi
Sirdaryo pedagogika texnikumida O‘zbekiston Ekologik Partiyasi fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev ishtirokida yoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qononchilik palatasi deputati Dildora Kamalova, tuman hokimi, partiya va davlat tashkilotlari vakillari, pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda hayot tanlovi, vaqtning qadr-qimmati va ekologik mas’uliyat masalalari muhokama qilindi. Har bir daqiqaning bebaho ekani, vaqtni samarasiz sarflash kelajak imkoniyatlarini boy berish ekani qayd etildi. Shuningdek, Orol dengizi fojiasi misolida tabiatni asrash, chiqindilarni madaniyatli tarzda tashlash va tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish zarurligi alohida urg‘ulandi.
Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dildora Kamolova yoshlarni aniq maqsad sari intilishga chorladi. U ta’lim va ilm-fan yo‘lini tanlash, yurt ravnaqi uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassis bo‘lish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yoshlar uchun motivatsion ruhda o‘tib, ularni bilimli, mas’uliyatli va ekologik ongli shaxs bo‘lishga undadi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Deputat_hududda
Doimiy va jiddiy nazorat muhim
Go‘sht narxining tez-tez oshishi aholi o‘rtasida doim savol va shubhalarni keltirib chiqaradi. Ayrim joylarda arzon narxda taklif etilayotgan go‘sht mahsulotlari esa uning sifati va xavfsizligi borasida gumon uyg‘otadi.
Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib borayotgan Abdushukur Xamzayev chorvachilikka ixtisoslashgan "Sulton" fermer-xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi. Xo‘jalikda chorva mollarini o‘z vaqtida emlash, kasalliklarning oldini olish hamda aholiga xavfsiz va sifatli go‘sht yetkazib berish choralari tizimli yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
A.Xamzayev go‘sht orqali insonga yuqishi mumkin bo‘lgan zoonoz kasalliklar haqida to‘xtalib, bu borada doimiy va jiddiy nazorat muhim ekanini qayd etdi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Deputat_hududda
Ekologik talablar mehnat muhofazasida muhim o‘rin tutadi
Qonunchilik palatasi Reglamentiga muvofiq partiyamiz deputatlari hududlarda o‘rganish ishlarini boshladi. Partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida islohotlar ijrosi va qonunlar bajarilishini o‘rganmoqda.
Ishchi guruh Sirdaryo tumanidagi “Diamond World Textile” korxonasida bo‘lib, ekologik talablar hamda mehnat muhofazasi holati bilan tanishdi. 6 gektar maydonda faoliyat yuritayotgan korxona 350 nafar aholini ish bilan ta’minlagan. Bu yerda 350 metrlik zamonaviy chang filtrlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular yiliga 800 tonnagacha changni ushlab qolish quvvatiga ega.
Abdushukur Xamzayev ekologik talablarga qat’iy rioya etish aholi va ishchi-xodimlar salomatligi uchun muhim ekanini ta’kidladi.
O‘rganishlar davom etmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube