@davroncapital · Post #147 · 19/01/2026, 17:03
#storytelling Kuni kecha ikki-uchta vazir: "Startap ekotizimidagi voqealarni qanday qilib yaxshiroq yoritamiz, qiziqishni orttiramiz?" deb so‘rab qoldi. Men esa: "Startap inflyuenserlari orqali media va storytellingni davom ettiraylik. Biz barcha qaror qabul qiluvchilarni oldik, endi 'Shark Tank' kabi loyihalar orqali xalq tomon yurasak",. Success (muvaffaqiyat), fail (mag‘lubiyat), fuckup (omadsizlik) va xatolar keyslarini ko‘rsatish kerak. Storytelling — hammani jalb qiladi. Bizda negativ voqealar zo'r ketadi dedi bir vazir. Storytelling — Kremniy vodiysining eng effektiv madaniy instrumentlardan biri. Twitter hammuassisi va sobiq bosh direktori Evan Uilyams Twitter’dagi 140 belgi bilan cheklanib qolmaslik, uzunroq yozish imkonini yaratish uchun Medium platformasiga asos solgan. Medium’ning ajoyib shiori bor: "Everyone has a story to tell". Yaqinda o‘z startapidan "exit" qilgan (o‘z ulushini sotgan) chet ellik millioner founder bilan gaplashib qoldim. U o‘z hikoyasini noldan exitgacha aytib berdi. Hozir puli yetarli, lekin u yo juda zerikkanidan, yoki noodatiy narsalar haqida o‘ylashga vaqti ko‘pligidanmi, "exit"dan keyin zararli odatga - Giyohvandlikka ruju qo‘yganini sezdirib qo'ydi. Mening aytadigan o‘z sevimli hikoyam bor edi va u shunday boshlanadi: Bundan 10 yilcha avval Xitoyda havo sifati juda yomon, mening esa uyqu rejimim tartibsiz edi. Shu muhitda bir yilcha yashadim. Toshkentga qaytgach, tungi smenada ishlardim; talabalik davri, tamakichekardim. Taxminan shu bugungidek qish kunlarining birida avtobusda darsdan uyga qaytayotib, birdan ko‘zlarim qorong‘ulashdi. Nafasim qisa boshladi. Qaytimi kerak emasligini aytib, cho‘ntagimdagi pulni konduktorga tutqazdim-da, emaklab bekatga chiqib oldim. Dadamga qo‘ng‘iroq qilib: "Meni olib ketinglar", dedim-da, kurtkamni yechib osmonga qarab yotib oldim. Shu voqeadan keyin taslim bo‘ldim. Ertasiga boshimning MRT xulosasi yaxshi chiqmadi, surunkali bosh og‘riqlari paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng hayot tarzimni muvozanatga keltira boshladim. Vaqtli uyqu men uchun muqaddasot darajasiga chiqdi. Oradan vaqt o‘tib, Buxarestda 4-5 kunlik "Retreat" qildim. Hikoyamning davomi bu yerda: https://medium.com/@bakvendor/иқрорнома-2c3e1431d87b Shundan so‘ng tanam, qalbim va ruhiyatim shifo topdi. Bu menga nasib qilgan "hol" meni o'zgartiroldi. Men suhbatdoshimga qarab: "Drug addiction is spiritual. So, Love is spiritual, I am also addicted to this state, but without any drugs"... @davroncapital
Hashtags