Contenuto
READY4TRADE MARKAZIY OSIYO “KICHIK BIZNES UCHUN EKSPORT VA XALQARO SAVDONI O‘QITISH” DASTURI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI Dastur Jahon Savdo Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo‘shma agentligi hisoblangan Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, TDIU tomonidan bepul, ham onlayn, ham oflayn shaklda tashkil etiladi. Bo‘lajak eksportchilar va korxona rahbarlari uchun tashkil etilayotgan kurslar orqali transchegaraviy savdoni boshqarish, xalqaro savdo, eksport tartib-qoidalari, tranzit yo‘llari, sifat va muvofiqlik standartlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bozorining o‘ziga xos talablari kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir davomida TDIU rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov loyihaga yuqori baho berdi. Shuningdek, kelgusida mamlakatda mintaqaviy va xalqaro savdoni rag‘batlantirish orqali Markaziy Osiyoning umumiy barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishda ahamiyatli ekanligini taʼkidladi. Telegram | Instagram | Facebook