TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Contenuto del post
Contenuto
#TABRIK Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori, xalqimiz uchun muqaddas sanalgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun har birimizga faxr-iftixor va yuksak g‘urur baxsh etadi! Bosh Qomusimiz yurtimizda demokratik jamiyat barpo etishning, amalga oshirilayotgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim va fan sohalaridagi islohotlarning mustahkam qonuniy asosidir. Aziz vatandoshlar, hamkasblar, do‘stu birodarlar, Sizlar va Sizlar timsolingizda barcha mehnat jamoalarini mamalakatimizning buyuk Qomusining 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!! Ehtirom bilan, Muxiddin KALONOV