Contenuto
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Buyuk Britaniyaning London universiteti (UoL) hamda London iqtisodiyot va siyosiy fanlar oliy maktabi (LSE) bilan hamkorlikda ochilgan “International School of Economics and Finance” (ISEF) qo‘shma ta’lim dasturining London universiteti tomonidan dasturi rahbari etib tayinlangan Dr. Gavin Lee Kretzschmar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy taqiqot markazi direktori, universitet prorektori professor Kalonov Muxiddin Baxritdinovich bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ilmiy Markaz hamda London universiteti hamda London iqtisodiyot va siyosiy fanlar universitetlari bilan hamkorlik qilish, fundamental amaliy hamda innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borishda o`zaro tajriba va bilimlar o‘rganish va almashish, markaz ilmiy xodimlarining malakasini oshirishda qisqa muddatli intensiv science kurslari tashkil etish kabi masalalarda o‘zaro hamkorlik qilish bo`yicha kelishildi.