TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi
Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi avatar

TGINSIGHT POST

Post #457

@cedruz

Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi

Visualizzazioni285Numero di visualizzazioni
Pubblicato16 ago16/08/2023, 08:50
Contenuto del post

Contenuto

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi katta mehnat talab qiladigan jarayon. 2019-yil iyul oyida O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni ko‘rib chiqishga taqdim etgan paytda boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi «Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» gi qaroriga asosan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilgan. Hozirda JST dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilot bo'lib, unga dunyoning 98 foiz iqtisodiyotiga ega davlatlar a'zo bo'lganligi bu jarayon zamon talabi ekanligini bildiradi.