Contenuto
💬ILMIY TADQIQOT MAVZUSIGA BIR QATOR TALABLAR QO'YILADI. ⏺Mavzu dolzarb bo‘lishi, hozirgi paytda hal etishni talab qilishi zarur. Fundamental tadqiqotlar bilan bog‘liq mavzular dolzarblik darajasini belgilash uchun hozircha tegishli mezonlar yo‘q. Shuning uchun, mazkur holda dolzarblikni yirik olim yoki ilmiy jamoa belgilaydi. Mavzuning amaliy tavsifiga kelsak, ularning dolzarbligi, qoidaga ko‘ra ishlab chiqarish muayyan tarmog‘ining rivojlanish va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko‘ra belgilanadi. Mavzu yangi ilmiy masalani hal etishi va ilmiy yangilik tavsifiga ega bo‘lishi kerak. ⏺Ilmiy mavzuga qo‘yiladigan muhim talablar bo‘lib iqtisodiy samaradorlik va ahamiyatlilik hisoblanadi. Amaliy tadqiqotlar bilan bog‘liq mavzular tanlash bosqichida taxminiy belgilanadigan iqtisodiy samara berishi lozim. Fundamental tavsifdagi mavzuni tanlashda iqtisodiy samaradorlik mezoni ahamiyatlilik mezoniga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. ⏺Mavzu ilmiy yo‘nalishiga mos bo‘lishi kerak. Bu ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan eng to‘liq ravishda foydalanishga imkon beradi. Natijada ishlanmaning nazariy darajasi, sifati va iqtisodiy samarasi oshadi, tadqiqotning bajarilish muddati qisqaradi.