TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi
Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi avatar

TGINSIGHT POST

Post #491

@cedruz

Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi

Visualizzazioni306Numero di visualizzazioni
Pubblicato18 nov18/11/2023, 11:45
Contenuto del post

Contenuto

Milliy Bayrogʼimiz Davlatimiz suverenitetining yuksak ramzidir. Xalqimizning buyuk tarixi va ezgu qadriyatlarini oʼzida to`la mujassam etgan hamda tinch hamda osoyishta, erkin hayotimiz, yorqin kelajagimizga boʼlgan ishonchimizning timsoli sanaladi. Oʼzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi boʼlgan Davlatimiz bayrogʼi uyingiz peshtoqida hilpirab tursin, bundan barcha, shu jumladan farzandlaringiz faxrlansin! Zotan Bayroqni his qilib, undan gʼururlanib oʼsayotgan yosh avlod albatta Davlat va Xalqi uchun Vatanparvar boʼlib ulg`ayadi. 2023 yil 7 iyuldagi Oʼzbekiston Respublikasining 853-sonli Qonuniga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼiga nisbatan hurmatni saqlagan holda, jamoat joylarida, binolar va boshqa obʼektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash boʼlgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin. Bugun 32 yoshini nishonlayotgan bayrogʼimiz Milliy istiqlolimiz ifodasi sifatida dunyoning yuksak minbarlarida doimo hilpirab turaversin!