TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi
Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi avatar

TGINSIGHT POST

Post #505

@cedruz

Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi

Visualizzazioni361Numero di visualizzazioni
Pubblicato12 feb12/02/2024, 05:47
Contenuto del post

Contenuto

2024 yil 7 fevral kuni Moskva shahridan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 24-hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi natijasi bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga mehmonlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi” direktori, TDIU prorektori M.Kalonov kutib oldi. Tashrifdan ko`zlangan maqsad TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi” bilan hamkorlikda Universitet huzurida “Strategik tashabbuslar ekspert markazi” ni tashkil qilish bo‘yicha maslahatlashish va muzokaralar olib borildi. Universitetga kelgan mehmonlar Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Volchkova Natalya Aleksandrovna, Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi huzuridagi Integratsiya jarayonlarini rivojlantirish instituti direktori Tochin Andrey Vladimirovich, Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining sanoat tarixi instituti iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Pijikov Nikita Sergeyevich hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Xalitov Ildus Vinerovichlar kelishdi. Yig‘ilishda qatnashgan ekspertlar ta’sis shartnomasida keltirilgan bandlarni tahlil qilishdan boshlashdi. Barcha yig‘ilganlar o‘z taklif va tavsiyalarni bildirib o‘tishdi. Asosiy masalalardan biri bu tashkil qilinayotgan Markazning tashkiliy xuquqiy shaklini qanday shakllantirish xaqida tomonlar o‘z fikrlarini bildirishdi. Mazkur ta’sis shartnomasini bildirilgan takliflar asosida qayta ishlab, keyin muhokamaga qo‘yishini ta’kidlandi. O‘zbekiston tomoni Markaz uchun ilmiy tadqiqot ishlari dasturlarining mavzulari bo‘yicha xam maslahatlashishdi.Tadqiqot bajarishda ishni tashkil etish xususiyatlari alohida tizim asosida amalga oshirilishi tomonlar o‘rtasida kelishib olindi. Shu bilan asosiy muhokama qismi yakuniga yetdi. Keyingi bosqich mexmonlar Universitet hududidagi o‘quv xonalari, kutubxona hamda yangi tashkil qilinishi kutilayotgan Markazning xonalarini ko‘zdan kechirdi. So‘ngra Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori professor Volchkova Natalya Aleksandrovna Universitet talabalariga "Oraliq importning Rossiya firmalari daromadiga qo‘shgan hissasi: COVID- pandemiyasining zarbalari va sanksiyalar" nomli mavzuda ochiq dars xamda master klass o‘tib berdi. Shu bilan mexmonlarning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrifi o‘z yakuniga yetdi. Keyingi tashkiliy va amaliy uchrashuvlarni VKS zum platformasi orqali o‘rnatilgan tartibdi amalga oshirilishiga kelishib olishdi.