TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi
Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi avatar

TGINSIGHT POST

Post #523

@cedruz

Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi

Visualizzazioni228Numero di visualizzazioni
Pubblicato22 apr22/04/2024, 10:40
Contenuto del post

Contenuto

Toshkent davlat iqtisodiyot universitet huzuridagi “O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi vakili Samarqand shahrida bo’lib o’tgan ConFEAS-2024 xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. ConFEAS-2024 konferensiyasi bu yil “Bozor infratuzilmalari va vositachilarning iqtisodiyotdagi o’rni” konseptsiyasiga bag’ishlanadi. ConFEAS-2024 turli mamlakatlardan 200 ga yaqin ishtirokchilarni - birjalar, markaziy depozitariylar, banklar, tartibga soluvchi tashkilotlar, investitsiya firmalari va xalqaro moliya institutlari vakillarini - zamonaviy kapital bozorlaridagi so’nggi tendensiyalar, muammolar va imkoniyatlarni muhokama qilish uchun birlashtirdi. Moliya bozorlari arxitekturasi infratuzilmalari, kapital bozorlarini rivojlantirish tendensiyalari va muammolari, kapital bozorlaridan tashqarida sotiladigan vositalarning tartibga solinadigan bozorlari, moliyaviy vositachilik, uning muammolari va biznes imkoniyatlarini muhokama qilishga bag’ishlangan panel muhokamalarida 40 dan ortiq ma’ruzachilar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.