Contenuto
#forum#ilmfan#innovatsiya 24-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Clarivate” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida “Pivot-RP” resurslariga milliy obuna” mavzusida forum o‘tkazildi. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasi infratuzilmasini shakllantirish hamda uning samarali faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ochib berdi. Tadbir davomida olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy loyihalar, stajirovka hamda ilmiy faoliyat koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, “Clarivate” kompaniyasi vakillari tomonidan “Pivot-RP” xalqaro ma’lumotlar bazasi tanishtirilib, dunyo bo‘ylab yuzlab universitetlar va tadqiqot tashkilotlari olimlari ushbu manbadan o‘z tadqiqotlari uchun mos grantlar va mablag‘larni topish imkoniyatiga ega bo‘layotgani qayd etildi. Batafsil 👉На русском 👉In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube