Contenuto
🎓 Xalqaro konferensiya Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabgorlar! 2026-yil 17-mart kuni TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazida “inScience” kompaniyasi bilan hamkorlikda "Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari" mavzusida V XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI o'tkaziladi. Ushbu konferensiyada o'z tezislaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. 5-martga qadar tezislarni qabul qilish davom etadi. ✅ Ishtirok uchun tashkiliy badal mavjud. 🔎Har bir tezis Google Scholar bazasida indekslanadi va doi raqam beriladi! 📌Tezislarni +998500952264 @cedr_moliya Telegram-kontaktiga yoki [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin. #konferensiya#iqtisodiyot#moliya#OAK