TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Farg'ona viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi avatar

TGINSIGHT CHAT

Farg'ona viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi

@faravtoyul1

Notizie e media

Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси 📞 (99873) 226 39 46

Iscritti608Iscritti attuali
Post tracciati1,009Post indicizzati
Reach recente4,442Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 1 di 85 · 1,009 post

Pubblicato 15 giorni fa

#Qutlov #Tavallud_ayyom_muborak! Bugun Fargʻona viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi tizimidagi Rishton tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi rahbari Rahmonov Jo‘rabek Rustamjon o‘g‘lining tavallud ayyomi. U 1991-yilning 26-may sanasida tavallud topgan. 2020-yildan buyon ushbu sohada faoliyat olib borib, tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Tug‘ilgan kun munosabati bilan Rahmonov Jo‘rabek Rustamjon o‘g‘lini Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi va Rishton TYDFM ishchi-xodimlari qutlaydi. Hurmatli Rahmonov Jo‘rabek Rustamjon o‘g‘li sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Masʼuliyatli faoliyatingizda hamisha omad yor bo‘lsin! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

93 views

Pubblicato 15 giorni fa

#FARG'ONA _VILOYATI #JARAYON 📍Bog'dod tumanida «Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida ichki ko‘chalar asfalt qilinmoqda ➡️«Tashabbusli budjet» dasturining 2026-yilgi birinchi mavsumida eng ko‘p ovoz to‘plagan hududlarning ichki ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. ➡️Bog‘dod tumani «Qo'shtegirmon» MFY aholisi ko‘chalarining asfalt bo‘lishi uchun «Tashabbusli budjet» loyihasida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ayni paytda mahallaning 3566 metr qismida ichki ko‘chalar asfaltlanmoqda. 🛣Farg‘ona Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida Farg'ona TYFDM tomonidan «Qo'shtegirmon» MFY hududidagi ko‘chalarda asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. ✅Telegram | ✅Facebook | 📹You Tube | 🌐Website |▪️Instagram

128 views

Pubblicato 16 giorni fa

Qurbon hayiti munosabati bilan Farg‘ona tumani YFDM tomonidan ishchi-xizmatchilar uchun bayram sovg‘alari tarqatildi. Ezgu ayyom arafasida xodimlarga un, go‘sht va yog‘ mahsulotlaridan iborat bayram jamlanmalari ulashilib, ularning oila a’zolariga bayramona kayfiyat ulashildi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik jamoada mehr-oqibat, hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Barcha yurtdoshlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz! Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ✅Telegram|✅Facebook |🌐Website

355 views

Pubblicato 16 giorni fa

#Fargʻona_viloyati #jarayon 📌Beshariq tumani YFDM tasarufidagi mahalliy ahamiyatdagi 40V089 avtomobil yo‘lining 20–21-km oralig‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 🛣Mazkur yo‘ldagi nuqsonlar freza orqali qirqib olinib, yo‘l qoplamasi asfalt-beton aralashmasi yordamida ta’mirlandi. ➡️Ta’mirlash ishlari davomida yo‘lning nosoz va deformatsiyaga uchragan hududlari tiklanib, transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. ✅Telegram | ✅Facebook | 📹You Tube | 🌐Website |▪️Instagram

212 views

Pubblicato 18 giorni fa

📢 Huquqiy targ‘ibot #Rishton_tumani Rishton tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi D.Astonov tomonidan Rishton tumani Dutur MFY hududida faoliyat yurituvchi tadbirkor Abdullaev No’monjon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 26.11.2011 yil kungi 342-sonli Qarori xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025 yil kungi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-33-son Qarorlarini mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan tushuntirishlar berib, savollarga batafsil javob berildi. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ✅Telegram|✅Facebook |🌐Website

299 views

Pubblicato 20 giorni fa

#Yagona_Vatan_yagona_xalq_boʻlib_yangi_hayot_va_kelajak_yaratamiz #Fargʻona_viloyati #YOʻL_ODAMI 🇺🇿—O‘zbekistondek buyuk yurtda yashayotganimdan faxrlanaman,—deydi Farg‘ona tumani YFDM 479- yo‘l bo‘limi yo‘l ishchisi Oychurug Sayfiddinova. ✅Telegram | ✅Facebook | 📹You Tube | 🌐Website |▪️Instagram

311 views

Pubblicato 20 giorni fa

📢 Huquqiy targ‘ibot #Qo'shtepa_tumani Qo'shtepa tuman yo‘llardan foydalanish Davlat muassasasi yuristkonsulti M.Mamadjanov, Ijro intizomi bosh mutaxassisi N.Nishonova ishtirokida muassasa xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari”to‘g‘risidagi Qonunlar ijrosi borasida tushuntirishlar olib borildi. Ya’ni, korupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o'rganishda belgilangan tartibi bo'yicha o'z vaqtida javob berilishi borasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ✅Telegram|✅Facebook |🌐Website

514 views

Hashtags

Pubblicato 21 giorni fa

#Qutlov #Tavallud_ayyom_muborak! Bugun Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Xomidov Islomjon Muhammadjon o‘g‘lining tavallud ayyomi. Xomidov Islomjon Muhammadjon o‘g‘li 1994-yil 20-may sanasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. Mehnat faoliyati davomida o‘zining mas’uliyati, fidoyiligi va halolligi bilan jamoa orasida alohida hurmat qozongan. 2018-yildan buyon avtomobil yo‘llari tizimida samarali faoliyat olib borib, soha rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi Xomidov Islomjon Muhammadjon o‘g‘lini tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi. Hurmatli Islomjon Muhammadjon o‘g‘li! Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Kelgusidagi ishlaringizda ham doimo omad va zafarlar yor bo‘lsin! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

444 views

Pubblicato 22 giorni fa

#Farg‘ona_viloyati 📍Qo‘qon shahridagi 5-sonli texnikumda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. 🔴Tadbir davomida o‘quvchilarga yo‘l qurilishi sohasi hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berildi. 🛣Tadbirda Avtomobil yo‘llari tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh mutaxassislar ishtirok etib, yoshlarni yo‘l qurilishi sohasining zamonaviy imkoniyatlari, kasbning ahamiyati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdilar. ➡️Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Bunday tadbirlar yoshlarning kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi. ✅Telegram | ✅Facebook | 📹You Tube | 🌐Website |▪️Instagram

318 views

Hashtags

Pubblicato 28 giorni fa

#Fargʻona_viloyati 🇺🇿Mustaqil O‘zbekiston—35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar 📍Farg‘onadagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarini rivojlantirish borasida 35 yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha INFOGRAFIKA ✅Telegram | ✅Facebook | 📹You Tube | 🌐Website |▪️Instagram

480 views

Pubblicato 9 mag

#XOTIRA_ABADIY_QADR_MUQADDAS! #Yoʻl_odami_xotira_soni 📌Qisqa umri davomida yo‘l xo‘jaligi sohasi rivoji uchun salmoqli hissa qo‘shgan fidoyi inson farg‘onalik Xayrullo Bahromovni xotirlaymiz. ✅Telegram | ✅Facebook | 📹You Tube | 🌐Website |▪️Instagram

627 views

Pubblicato 9 mag

9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyatidagi “Vatanparvarlar” bog‘ida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida urush va mehnat faxriylari, Vatan ozodligi hamda yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi. Bosh boshqarma jamoasi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yib, qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ✅Telegram |✅Facebook | 🌐Website

661 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PrecedentePag. 1 di 85Successiva