TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← giglink
giglink avatar

TGINSIGHT POST

Post #1086

@giglinkuz

giglink

Visualizzazioni2,670Numero di visualizzazioni
Pubblicato12 giu12/06/2025, 12:09
Contenuto del post

Contenuto

Apple'ning "yangi" g'oyasi va Microsoft'ning kulgi javobi Apple o'zining yangi macOS 26 tizimida "Liquid Glass" degan nom bilan ajoyib "yangi" dizayn chiqardi. Bu dizayn yarim shaffof, shishaga o'xshab ko'rinadi. Apple buni katta tantana bilan e'lon qilib, bu ularning eng so'nggi innovatsiyasi ekanligini aytdi. Lekin gap shundaki... darhol sezib qolishdi: "E, bu juda tanish!", bu "yangi" dizayn Microsoft'ning 2006 yilda, ya'ni 18 yil oldin Windows Vista'da qo'llagan "Aero Glass" effektiga juda ham o'xshashku! Microsoft bu vaziyatni ko'rib, o'zining rasmiy sahifasida Vista'ning eski shisha effektini ko'rsatib, uni "retro dizayn" deb atagan kulgili video chiqardi. Bu xuddi "Qarang, bizning 2006 yildagi 'eski moda' dizaynimiz yana zamonaviy bo'lib qoldi!" deyishganga o'xshaydi. //giglink.uz rasmiy kanali