#env#github#dasturlash_hayoti
Env fayllar bilan ishlash
Dastur yozishda ko‘p hollarda API kalitlari, parollar, tokenlar kabi maxfiy ma’lumotlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lumotlarni hech qachon kodingiz ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozmang❌.
✅ Buning uchun .env faylidan foydalaniladi.
.env fayl — sizning loyihangizdagi maxfiy sozlamalarni saqlash joyi. Masalan:
DB_HOST=127.0.0.1
DB_USER=root
DB_PASSWORD=secret
API_KEY=your_api_key_here
🔹 Dastur bu qiymatlarni .env fayldan o‘qib ishlatadi.
🔹 Kodni GitHub’ga joylashtirganingizda .env faylni hech qachon yuklamang!
👉 Buning uchun .gitignore faylida quyidagi qatordan foydalaning:
.env
Shunda .env fayl GitHub’ga tushmaydi va maxfiy ma’lumotlaringiz xavfsiz qoladi.
📌 Xulosa:
◾️API kalitlari, login va parollarni .env faylga joylashtiring
◾️.env faylni doim .gitignore ga qo‘shing
◾️GitHub’ga yuklashdan saqlaning
🔐 Shunday qilsangiz, loyihangiz yanada xavfsiz va professional bo‘ladi.
Siz odatda .env faylni qayerda ishlatib ko‘rgansiz – Laravel, Django, yoki boshqa frameworkda? Izohlarda yozib qoldiring 👇
💻@dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅
Algoritmlarni o'rganish va amaliyot uchun katta repozitoriy!
Bu yerda algoritmlarni o'zlashtirish uchun hamma kerakli manbalar bitta joyda jamlangan: maxsus saytlar, onlayn kurslar, kitoblar, tahlillar va tayyor shpargalkalar (шпоры).
➡️Manbaga o'tish:GitHub sahifasi
👍 — Foydali, o'zimga saqlab qo'yaman
#foydali#algoritm#github
💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉