投稿内容
⚡️ Oktabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. 👨🏻💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 27-sentabrdan 7-oktabrga qadar amalga oshiriladi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. ⏳ Test sinovlari 26-oktabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi. 🔖 Test sinovlari yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslar 2 yil muddatga amal qiluvchi sertifikatga ega bo‘ladi. 📚 Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 4-oktabrdan 8-oktabrga qadar o‘zlari tanlagan test topshirish hududidagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishi lozim! @LanguageStuff kannaliga a'zo boling