TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Teachers' Blog💐
Teachers' Blog💐 avatar

TGINSIGHT POST

Post #7751

@LanguageStuff

Teachers' Blog💐

閲覧数2,020投稿閲覧数
投稿日6月19日2022/06/19 12:33
コンテンツ

投稿内容

Barcha chet tili sertifikatlari uchun PQ-5117 sonli Prezident qarorida milliy va xalqaro C1 darajaga tenglashtirilgan sertifikatlarga imtiyozlar birdek qo'llanilishi aytib o'tilgan. 2022-yilda Linguaskill xalqaro sertifikati Magistratura yoki doktrantura uchun imtiyoz beruvchi sertifikatlar tarkibiga qo'shimcha kiritilganligi e'lon qilindi. Lekin Magistratura uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 395-sonli qaroriga xorijiy til o'qituvchilari uchun kerak bo'lgan TKT yoki Aptis for teachers sertifikatlari, Tesol yoki Celta xalqaro tan olingan sertifikatlar Linguaskill kabi qo'shimcha tartibda kiritilmagan. Endi shu o'rinda savol tug'iladi 2022-yil 19-yanvardagi 34-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorida xorijiy til o'qituvchilar uchun ustamalar va imtiyozlar haqida bandlar berilgan. Lekin Magistratura uchun alohida band berilmagan. To'rtta til ko'nikmasi uchun bo'lishi belgilangan o'qituvchilarning har oylik maoshiga 50 % ustama berishini tushunaman lekin 4 ta til ko'nikmasi bo'yicha İELTS YOKI TOEFL kabi C1 darajaga tenglashtirilgan boshqa sertifikatlar orqali (masalan Aptis for teachers C1 yoki TKT module 1,2,3 Band 3-4) C1 darajaga ega bo'lgan ustozlar Magistratura yoki doktrantura uchun imkoniyat berilishi kerak deb hisoblayman. XORİJİY TİLLARNİ O'RGANİSHNİ OMMALASHTİRİSH AGENTLİGİ MA'SULLARI shu tomonini o'ylab ko'ringlar. Hurmatli ekspertimiz Komil Djalilovni fikrini eslatib o'taman. "Faqat grammatik test yechish orqali ingliz tili o'qituvchilarini darajasini baxolab bo'lmaydi" shu jumlalarni tizimli yetib borishini ta'minlang ustozlar ... Barcha xalqaro sertifikatlarga teng munosabatda bo'linglar iltimos. APTIS FOR TEACHERS YOKI LİNGUASKİLL, TOEFL YOKI İELTS, TKT OLISHDAN ASOSIY MAQSAD YURTIMIZDA XORİJİY TİLLARNİ O'RGANİSHNİ RİVOJLANTİRİSH EKANLIGINI ESDAN CHIQARMAYLIK. BARCHASI CEFR TİZİMİDA C1 darajada imtiyoz beradi. Bittasi o'tadi yoki bittasi o'tmaydi demanglar. Barcha xorijiy til fani ustozlari qo'ldan kelganicha o'qib, yozda ta'tilda dam olishni o'rniga sertifikatlar uchun o'qishni davom ettirmoqda ,izlanmoqda. Prezident qarori 5117 ga har bir xorijiy tillar ustozlari o'z ma'suliyatini ko'rsatmoqda. Hurmatli davlat tashkilotlari ma'sullari sizdan iltimos qilamizki, xorijiy tillar bo'yicha ustozlari uchun yangi qarorlar, loyihalar va yangiliklar qilib ularni qiynamang. Ular endi moslashmoqda biror natijaga erishishni xoxlasak ozgina imkon beringlar.... Xorijiy tillar ustozlarini qiynamanglar, qo'lingizdan kelsa soha rivoji uchun yordam beringlar agar kelmasa xar xil yangi qaror yoki tajribalar o'tkazib ularning tizimli ishiga xalaqit bermanglar. Ahir barchangizni shu kabi ustozlar o'qitgan! Xorijiy tillar bo'yicha rivojlanish endi bo'ladi. Bunga esa ozgina vaqt va imkon kerak. Hurmat bilan uztutor kanali admini: MrDilbek. P.s. İltimos siz xorijiy tillar ustozi bo'lsangiz postimizni yaqinlaringizga va ustozlarga maksimal tarzda tarqatib yuboringlar. Ma'sullarga yetib borsin , shunda biroz o'ylab ko'radilar. Keling birlashib mana shu masalaga munosabatimizni ko'rsataylik! @LanguageStuff