投稿内容
#Yangicha mashg'ulot Biz endi sopol o'yini oynab Ingliz tilini mustaxlamlaymiz - mashg'ulot Umida Pulatova tomonidan yaratildi. Har doimgidek sopol o'yini uchun rasm chizib olamiz. Sinf xonasida white board markerlari yordamida yoki maktab hovlisida mel bilan. Faqat raqamlar oldiga shartlarni ham qoshib yozamiz. O'quvchilar raqamlarga sakraganda: #1- bitta Ingliz grammatikasiga oid qoida #2-ikkita ushbu qoidaga oid namuna gap #3- uchta sifat so'z turkumiga oid so'zlar #4-to'rta ravish so'z turkumiga oid so'zlar #5-beshta oila a'zolari #6- oltita fe'l brikmasi #7-yettita kiyimlar nomi #8-sakizta pishirishga oid so'zlar #9-to'qqizta sabzavotlar nomi #10-o'nta tana a'zolari nomi Bizga bu o'yin yoqdi Biz bu mavzularni alishtirishimiz boshqa darsimizga moslashimiz mumkin Bu o'yin ko'chada o'ynalsa sopol kattaroq chizilib guruh bolib o'ynash mumkin O'qituvchi Umida Pulatova Qatnashyotgan o'quvchilar 8A/8B/8D O'rganish oson va yoqimli bo'lishi kerak 😎👍 https://t.me/LanguageStuff