TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← FUTGOAL
FUTGOAL avatar

TGINSIGHT POST

Post #10080

@FUTGOAL

FUTGOAL

Tampilan32,900Jumlah tampilan
Diterbitake5 Mei05-05-2026, 11:54
Isi

Isi kiriman

🇪🇸🧻 “Atletiko” muxlislari “Arsenal”ga qarshi o‘yinda maydonga hojatxona qog‘ozlari uloqtirishdi. Nega va bu qayerdan kelib chiqqan? 🇦🇷 Bu an’ana Argentinadan kelib chiqqan. 1961-yilda Kilmes muxlislari mahalliy pivo zavodining reklama kampaniyasi doirasida stadionni 210 mingta pivo yorlig‘i bilan to‘ldirishgan. Bu uchun kompaniya jarimaga tortilgan, ammo g‘oya ommalashib ketgan. Keyinchalik yorliqlar o‘rnini "tualet" qog‘ozlari egalladi va bu odat butun mamlakat bo‘ylab yoyildi. Hatto 1978-yilgi Jahon chempionati vaqtida ham stadionlarga qog‘oz uloqtirilgan. ❗️Qizig‘i shundaki, bugungi kunda Argentinaning o‘zida bu an’ana taqiqlangan. Bir nechta yong‘in hodisalaridan so‘ng Buenos Aires stadionlariga qog‘oz olib kirish man etilgan. 🟢Telegram🟢Instagram 🟢Youtube🟢Yangiliklar