Isi kiriman
🇳🇱💔 Mikki van de Ven "Tottenhem"ning xozirgi holati haqida gapirib o'tdi. Jurnalist: "Hozirgi vaziyatdan chiqib ketish uchun nima qilish kerak?" Van de Ven: "Rostini aytsam, biror narsa deyish qiyin. Hozir hammamiz birlashimiz va qattiq ishlashimiz kerak, degan an’anaviy gaplarni aytishim mumkin edi, lekin bizga doim og'ir sinovlar kelayotgandek, zarba ketidan zarba berishayotgandek. Shuning uchun bu juda og‘ir. Bu dam olish kunlari bizni muhim ("Liverpul"ga qarshi) o‘yin kutib turibdi, unda men diskvalifikatsiya tufayli qatnasha olmayman. Shunday ekan, ha... bu dahshatli davr, sizga aytsam. Bu haqiqatan ham, haqiqatan ham juda yoqimsiz." Jurnalist: "Ruhiy jihatdan o‘zing buni qanday yengyapsan?" Van de Ven: "Bu o‘yinning bir qismi — hayotning bir qismi. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz." Jurnalist: "Balki bir muddat telefonga kirmay turganing ma’quldir?" Van de Ven: "Men endi telefonda ijtimoiy tarmoqlarni umuman kuzatmayman. Bu odatni butunlay tashladim. Faqat oila va shunga o‘xshash narsalar. Hammasi yaxshi bo‘ladi." Jurnalist: "Bardam bo‘l, do‘stim." Van de Ven: "Rahmat. Buni juda qadrlayman." 🟢Telegram 🟢Instagram 🟢Youtube🟢Yangiliklar