Isi kiriman
🇪🇸🤔 "Real" Alonsoni ishdan bo'shatib shoshdi-mi? Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" 28 o‘yinda 5 ta mag‘lubiyatga uchradi, ammo Alvaro Arbeloning natijalari hayratlanarliroq, chunki Alvaro atigi 20 ta o‘yin o'tkazib allaqachon 6 ta mag‘lubiyatga uchradi. La Ligadagi chempionlikdan ham anchagina uzoqlashdi. Lekin shu bilan birga, Chempionlar ligasida u Mourinyoning "Benfika"sini, Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"sini turnirdan chiqarib yubordi. G‘alabalar foiziga kelsak, Xabi Alonsoda bu ko‘rsatkich yaxshiroq edi – 71,4%, Arbeloada esa 65%. Alonso loyihasi ko‘proq narsaga erishishi mumkinligi haqidagi munozaralar doimo davom etadi, ammo kiyinish xonasidagi kelishmovchiliklar va muammolar umidli loyihaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga asosiy sabab bo'lgan. 😭"Real"chilar, Xabini sog'indingizmi? 🟢Telegram 🟢Instagram 🟢Youtube🟢Yangiliklar