TGINSIGHT CHAT
KARYERIST_UZ
@KARYERIST_UZ
Career👩💻Ishga kirishga yordam beraman 📑CV/Resume sirlari 🗣️Intervyu/suhbatga tayyorlanish 😎Qo’llanmalar 📸 Instagram https://www.instagram.com/karyerist_uz
Kiriman terkini
Kaca 1 saka 1 · 1 kiriman
Diterbitake 30 Apr
Kuzatuvlarimdan shuni bildimki, ish berish va ishga kirish qoidalari tubdan o‘zgardi. Mana 2026-yilda muvaffaqiyatga erishishning 4 ta asosiy qoidasi: 1. Diplom ikkinchi darajali (ba'zi kasblar uchun): Top kompaniyalarning 90% lavozimlari uchun endi oliy ma’lumot shart emas. Asosiysi real ko‘nikmalar (Skills-first hiring). 2. AI - sizning yangi hamkasbingiz: Sun’iy intellekt endi shunchaki instrument emas, u jamoaning bir a’zosi. Kim AIdan foydalanishni (prompt design, data literacy) bilsa, o'sha bozorda qoladi. 3. Ofis - uchrashuvlar maskani: Gibrid ish tartibi odatiy holga aylandi. Ofisga har kuni ishlash uchun emas, jamoa bilan fikr almashish va hamkorlik uchun boriladi. 4. Authenticity (asllik) — bu sizning eng katta ko'nikmangizga aylanishi kerak. AI hamma narsani qila oladi, lekin murakkab muammolarni hal qilish, strategik fikrlash va samimiy muloqotni o'rnini bosa olmaydi. 2026-yilda eng kerakli kadr bo'lishni xohlasangiz o'zingizda tinimsiz o'rganish madaniyatini shakllantiring ✨