TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
MARKAZDA YOSHLAR avatar

TGINSIGHT CHAT

MARKAZDA YOSHLAR

@Markazda_yoshlar

Career

Murojaat yoki taklifingiz bormi? Botga yozing, tezda javob beramiz: 👉@TezkorQabulBot 👉@Markazda_yoshhamkor Yoshlar! Sizni qiynayotgan masalalarga yechim topish, axborot olish, yangi g‘oyalar sari ilhomlanish uchun hoziroq safimizga qo'shiling.

Pelanggan8,650Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak1,005Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini2,608Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Kaca 1 saka 84 · 1,005 kiriman

Diterbitake 17 dina kepungkur

🟢Xotirani kuchaytiruvchi mahsulotlarni bilasizmi?🧐 1️⃣Yong‘oq miya faoliyati uchun juda foydali. Ularda yog‘ kislotalari, foliy kislota, V1, V6, V9, V12, RR, K, S, YE vitaminlari bor. 2️⃣Kepakli donlardan tayyorlangan non, ungan bug‘doy va bo‘tqa iste’mol qiling. Bug‘doy, suli, arpa yormasidan tayyorlangan bo‘tqani. Bu mahsulotlarda miya faoliyatini yaxshilaydigan kletchatka va V guruhi vitaminlari bor. 3️⃣Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shokolad yeydigan yoki qora shokolad ichadigan odamlarning xotirasi boshqalarnikiga nisbatan yaxshiroq bo‘ladi. 4️⃣Baliqning yog‘li turlari xotirani yaxshilash va miyaning yaxshi ishlashi uchun juda foydali. 5️⃣Olmada foydali moddalar, vitaminlar va minerallar ko‘p, ammo miya uchun olma iste’mol qilish shunisi bilan foydaliki, uning tarkibiy qismlari insultda uchraydigan qon quyilishini 2 barobar kamaytirishi mumkin. 6️⃣Miya yaxshi ishlashi uchun zaytun moyi iste’mol qilish kerak, uni alohida mahsulot sifatida ham iste’mol qilish yoki salatlarga qo‘shish mumkin. 7️⃣Agar odam qahvani me’yorida iste’mol qilsa, bu mahsulot alsgeymer kasalligi rivojlanishining oldini oladi. Qahva iste’mol qilish tez qaror qabul qilish va tafakkurni tiniq saqlashga yordam beradi. ⚠️ Aqliy faoliyatingizni yaxshilash va xotirani kuchaytirish uchun yuqoridagi mahsulotlardan me‘yorida iste‘mol qilishni unutmang. 🔍Xonzoda Ziyodullayeva 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

75 views

Diterbitake 17 dina kepungkur

📌Samarqandda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari doirasida jismoniy tarbiya va sport fidoyilari taqdirlandi Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarida “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo'lib o'tdi. Bayramona tadbirlarda o‘quvchilar, ota-onalar, ustoz-murabbiylar hamda davlat va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. ✔️Samarqand shahridagi 55-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda viloyat hokimi A. Boboyev, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat sport boshqarmasi vakillari, faxriy ustozlar va ota-onalar qatnashdi. ✔️Tadbir avvalida viloyat hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan umumta’lim maktablari bitiruvchilariga yo‘llangan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. ⚡️ Bayram tadbiri davomida yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida samarali mehnat qilib kelayotgan Samarqand shahridagi 9-umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari — Ixtiyor Saksonov va Farangiz Skryabina “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, viloyat miqyosida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining ixtiyoriy va maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan 448 nafar o‘quvchiga I, II va III darajali ko‘krak nishonlari, sertifikatlar hamda sport formalari berildi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari doirasida viloyatdagi umumta’lim maktablari direktorlarining 12 nafariga hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining 54 nafariga sport ekipirovkalari topshirildi. ✅ Mazkur tadbirlar yosh avlodni ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

160 views

Diterbitake 18 dina kepungkur

🔔Soʻnggi qoʻngʻiroq arafasida o‘quvchilar mashina boshqarishiga qarshi reyd kuchaytirildi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu borada o‘quvchilar va ularning ota-onalariga murojaat bilan chiqdi “Hurmatli ota-onalar, soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri uchun farzandingizga avtomashina kalitini topshirmang. Ularning bir lahzalik quvonchiga hissa qoʻshaman deb, kelajagiga ziyon yetishiga sababchi boʻlib qolmang”, deya ogohlikka chaqirdi YHXX. 🔻BATAFSIL O‘QING 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

151 views

Diterbitake 18 dina kepungkur

📌Samarqand shahridagi maktablardan birida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimi Adiz Boboyev "Avtomobilsiz kun" doirasida ishga avtobusda bordi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

186 views

Diterbitake 18 dina kepungkur

#yoshlar_oshxonasi 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

192 views

Diterbitake 18 dina kepungkur

💬O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish xizmati vaqtincha to‘xtatiladi 🔴O‘zbekistonda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish xizmati 26-maydan vaqtincha to‘xtatiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament asosida amalga oshirilayotgan quyidagi davlat xizmatlari 2026-yilning 26-mayidan 31-iyuliga qadar vaqtincha to‘xtatiladi: o‘quvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish; chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktabga qabul qilish; xorijiy maktablardan O‘zbekiston fuqarolari farzandlarini ko‘chirish. 💬Mazkur davrda erp.maktab.uz elektron platformasi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga o‘tkazish jarayonlari amalga oshiriladi. Davlat xizmatlari 2026-yil 1-avgustdan boshlab qaytа davom ettiriladi. O‘zbekistonda o‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

219 views

Diterbitake 18 dina kepungkur

🔴Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi Prezident katta maqsadlar qo‘yishdan hech qachon qoʻrqmaslikka, ishonch bilan hamisha olgʻa borishga chaqirdi. Barcha o‘quvchilarga baxt va omad hamisha yor boʻlishini tiladi. 🔥BATAFSIL 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

244 views

Diterbitake 18 dina kepungkur

Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi Festivalga tayyorgarlik jarayonida bu yil 150 mln tup gul ko’chatlari ekildi. Natijada Namangan “Jamoa bo’lib bir oy davomida eng ko’p ekilgan gullar” yo’nalishida rekord o’rnatdi. Bu haqdagi maxsus sertifikatni Ginnes vakili Sheyda Subasi viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga topshirdi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

265 views

Diterbitake 18 dina kepungkur

🇺🇿 Oʻzbekiston haqida siz eshitmagan 5 ta hayratlanarli fakt! Dunyoda 200 dan ortiq davlat bor, lekin Oʻzbekiston ularning ichida mutlaqo ajralib turadi. 1️⃣Okeansiz dunyo: Oʻzbekiston dunyodagi ikkita "qoʻshaloq berk" davlatdan biri, yaʼni, ummonga chiqish uchun biz kamida ikkita davlat chegarasini kesib oʻtishimiz kerak. Ikkinchi bunday davlat Yevropadagi gersoglik Lixtenshteyn hisoblanadi. 2️⃣Oltin zamin: Sahroyi Kabir bagʻridagi Muruntov koni dunyodagi eng yirik ochiq oltin koni hisoblanadi! Oltin zaxiralari boʻyicha vatanimiz dunyoda 4-oʻrinda turadi. 3️⃣Kosmik metro: Toshkent metrosi nafaqat Markaziy Osiyodagi birinchi, balki dunyodagi eng goʻzal metropolitenlardan biridir. Uning yer osti bekatlari haqiqiy muzeyni eslatadi. 4️⃣Algebraning vatani: Telefoningiz va kompyuteringiz ishlayotgan "algoritm" soʻzi buyuk bobomiz Al-Xorazmiy nomi bilan bogʻliq. Biz zamonaviy texnologiyalar asosi yaratilgan yurtdanmiz. 5️⃣Madaniy meros: Bizning sevimli palovimiz YUNESKOning butun insoniyat nomoddiy merosi deb tan olingan. ❔Siz qaysi faktni birinchi marta eshitishingiz? 🔍Nigina Abduvahobova 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

255 views

Diterbitake 18 dina kepungkur

📌Bu yilgi bitiruvchilarga 6 turdagi shahodatnomalar beriladi ➖ 2026-yilda O‘zbekistonda 9 va 11-sinf bitiruvchilariga beriladigan 6 turdagi elektron shahodatnoma haqida batafsil ma’lumot. Shahodatnomani yuklab olish, berish muddati va yangi tartib bilan tanishing. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

276 views

Diterbitake 19 dina kepungkur

#yoshlar_oshxonasi 😋 Ideal quymoq retsepti va tayyorlanishi 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

257 views

Diterbitake 19 dina kepungkur

⚡️Davlat rahbari bilan ko‘rishgan farzandidan faxrlangan ota! Fazilat Diyorovaning otasi o‘zining cheksiz quvonchi va hayajoni bilan o‘rtoqlashdi. Uzun tumanida ko‘p yillar o‘qituvchilik qilgan Mamasaid Diyorov Yurtboshimiz uning farzandi bilan shaxsan ko‘rishib, yuksak e’tirof etganidan qanchalik g‘ururlanganini so‘zlab berdi. Mamasaid aka mamlakatimizda yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi ortayotgani hamda ularga qaratilayotgan bu kabi ulkan e’tibordan nihoyatda xursand ekanini alohida ta’kidladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube

328 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
SadurungeKaca 1 saka 84Sabanjure