TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #13816

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan297Jumlah tampilan
Diterbitake5 Okt05-10-2025, 09:38
Isi

Isi kiriman

Oliy liga 3-tur uchrashuvlariga Jizzax shahri mezbonlik qiladi Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 3-tur uchrashuvlari shu yilning 8 – 13-oktyabr sanalarida Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi. Turga Jizzax viloyati futbol oliy mahorati maktabi sport zali mezbonlik qiladi. Mazkur turda ham muxlislar deyarli har kuni biri-biridan qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarning shohidi bo‘lishadi. Ayniqsa, chempionat peshqadamlari – BMB, SQB, OKMK, “Nasaf” jamoalarining o‘zaro o‘yinlari ishqibozlar diqqat markazida turishi aniq. O‘z navbatida kurash musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarida borayotgan jamoalar o‘rtasida ham shiddatli kechmoqda. Barcha jamoalar maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida chiqayotganligi o‘yin kunlarini bezab beryapti. “Sport” telekanali ijodiy birlashmasi hamda O‘zbekiston futzal federatsiyasining You Tube kanalida barcha o‘yinlardan jonli, to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyalar efirga uzatilayotganligi turga tashrif buyura olmaydigan muxlislar uchun juda qo‘l kelmoqda. Qolaversa, @Futzal Uzbekistan Telegram kanalimiz orqali ham jonli, matnli translyatsiyalarni kuzatib botayotgan muxlislarimiz oz emas. Biz sadoqatli muxlislarimiz uchun ishlashdan charchamaymiz, Siz esa kuzatishdan tolmang! Biz bilan birga bo‘ling, bizdan uzoqlashmang! 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram